Fors tilida gapning eng sodda turi ot kesimli sodda yig‘iq gapdir. Bunday gaplar ikki qismdan iborat bo‘ladi. Ot kesim ot, sifat son, ravish va olmoshlar bilan ifodalanib, o‘zidan so‘ng است ast bog‘lamasini olib keladi. Bog‘lama kesimni shakllantiradi. Ast bog‘lamasi o‘zbek tilidagi kesimlik qo‘shimchasi – dir ga to‘g‘ri keladi.