Trikotaj (frans, tircoter toʻqimoq) — bir yoki bir necha iplardan halqalar hosil qilib, ularni oʻzaro biriktirish (oʻrish) natijasida olinadigan mato yoki buyum. T. iplarning tarkibiga, ishlatilishi, pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tarkibi ga qarab, paxta ipi, jun, ipak va kimyoviy tola aralashgan iplardan toʻqilgan xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, T. buyumlar yoki matolarga boʻlinadi. T. buyumlariga kostyum, jemper, kofta, palto, qoʻlqop, koʻylak, ichki kiyim, paypoq va boshqa matolariga sunʼiy moʻyna, sunʼiy charm kiradi; bular texnik maqsadlarda va turli xil kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dagʻal, oqartirilgan, tekis va boʻyalgan xillarga boʻlinadi. T.ning asosiy fizikmexanik xossalari uning tuzilishiga, xalqalarning shakli va oʻlchamiga, ipning yoʻgʻon va ingichkaligiga, qalinligi va pishikligiga bogʻliq. Tuzilishi (strukturasi) ga qarab, koʻndalang toʻqilgan, tanda oʻrilishli, bir qavatli va ikki qavatli boʻladi. T. yumshoqligi, elastikligi, g`ijimlanmasligi, yengilligi, oson yuvilishi bilan boshqa toʻqima matolardan ustun turadi. T. oʻrilish boshqa oddiy gazlamalar oʻrilishidan farq qiladi. Bir yoki bir necha uzluksiz ip xalqalarini bir-biriga birlashtirib hosil qilinadi. T. halqalarining qanday hosil boʻlishiga qarab, koʻndalang toʻqilgan (kulir) va boʻylama (tandadan toʻqilgan) T. farqlanadi.
polotno — qalin gaz-lama, kiyim, yopingʻich] 1 Arqogʻi va oʻrishi bir xil yoʻgʻonlik va qalinlikda boʻlgan, ipak, ip, kanop va sh.k. dan tayyorlangan pishiq va silliq gazlama va undan tikilgan kiyim