2 – mavzu.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va
mazmuni.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyotida katta o’zgarishlar
amalga osha boshladi. Bu integratsiya jarayonlarida va xalqaro mehnat taqsimotida,
globallashuv jarayonlarining tezlashuvida namoyon bo’ldi. Jahon mamlakatlarining
taraqqiyot darajasidagi tafovutlarning kuchayib borishi va rivojlangan davlatlar
11
tomonidan teng bo’lmagan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirilishi, ya’ni
bilvosita nazorat qilish (investitsiyalar kiritish, kredit va subsidiyalar berish yo’li
bilan) siyosatini amalga oshirish, ba’zi hollarda siyosiy tazyiq o’tkazish kabi
hodisalar ham hozirgi davrning xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Iqtisodiy
jihatdan qaram mamlakatlarga savdo embargosi orqali siyosiy shartlar qo’yish
amaliyotini, buning oqibatlarini boshdan kechirgan Iroq, Eron, Liviya, Kuba kabi
mamlakatlar misolida ko’rish mumkin.
Ma’lum davrlarda jahon iqtisodiyotida, alohida olingan mintaqalarda,
mamlakatlarda sodir bo’ladigan turli inqirozlar milliy, shu jumladan iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash muammolarining dolzarbligini oshiradi. Ma’lumki, AQSH
ipotekali kreditlash tizimidan boshlanib, keyinchalik jahon iqtisodiyotini qamrab
olgan “moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va
iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa
salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”
12
. Bunday sharoitda milliy manfaatlarni himoya
qilish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholini turmush
darajasini pasayib ketishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
zaruriy chora-tadbirlarni belgilash uchun esa tahdidlarning xarakteri, miqyosi,
ularning oqibatlarini bilish kerak bo’ladi.
Hozirga kelib O’zbekiston integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning,
global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”
asarida ta’kidlanganidek, buning tasdig’ini respublikaning tashqi dunyo bilan
aloqalarining tobora kuchayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar
ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirilayotganligida,
O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida va boshqalarda ko’rish
mumkin.
Bunday sharoitda mamlakat korxonalarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh
bo’lishini ta’minlash, dunyo bozorlari talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab
chiqarish, eksportni rag’batlantirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash
esa mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim omili bo’lib hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ham, milliy xavfsizlikni
ham birdek ta’minlash davlatning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanishi
uchun kamida ikkita shart bajarilishi kerak:
– birinchisi, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, xo’jalikning taraqqiy
etishiga tegishli bo’lgan qarorlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilish
qobiliyatini saqlab qolish;
– ikkinchisi, aholining erishilgan turmush darajasini saqlab qolish va uni
yanada yuksaltirish imkoniyatlarining mavjud bo’lishi
13
.
12
I.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. Toshkеnt, “O’zbеkiston”, 2009. 4 – b .
13
Богданов И.Я. Экономическая безопасность России. Теория и практика. М., 2001. с.21
12
SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiy xavfsizlik – bu eng avvalo
mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligidir.
Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy
xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud.
Bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’yektiv himoyalanish hususiyatlari, unga
xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan,
davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan
institutlarni o’rganish ushbu fanning predmeti bo’lib hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik”
fanining ob’yektini tashkil etadi.
Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy bilimlar
berish fanning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy
asosi bo’lib, iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z
manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan. Iqtisodiy xavfsizlik
mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy
rivojining ijtimoiy yo’naltirilgani, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay
sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi.
Nazorat savollari
1.O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga, global iqtisodiy makonning bir
qismiga aylayotganligi nimalarda namoyon bo’lmoqda?
2.Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlat qanday o’rin tutadi?
3.Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash omillari to’g’risida gapirib bering.
4.Iqtisodiy xavfsizlik ob’yektlariga nimalar kiradi. Ularga qisqacha ta’rif
bering.
Asosiy adabiyotlar
1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz
farovonligini yuksaltirishdir. –T: O’zbekiston, 2010 yil.
2. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik
jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruza. – T.: O’zbekiston,
2010
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
barataf etishning yo’llari va choralari. –T.: “O’zbekiston” , 2009
4. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997
5. Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. –T.: Akademiya, 2006
13
6. Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik. Toshkent, 2008.
7. Abalkin L. ekonomicheskaya bezopasnost Rossii: ugrozы i ix otrajenie.//
Voprosы ekonomiki. 1994, №12, s. 45, 44-48s.
8. Isaxodjaev A., Rasulev A. Xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.:
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004.
9.
ekonomicheskaya
bezopasnost:
ucheb.
posobie
dlya
studentov
ekonomicheskix
vuzov,
obuchayuщixsya
po spetsialnostyam ekonomiki i
upravleniya. V.A.Bogomolov i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YUNITI DANA,
2009.
10. ekonomicheskaya i natsionalnaya bezopasnost. Uchebnik / pod red. d.e.n.,
prof. L.P.Goncharenko. M.: ZAO «Izdatelstvo «Ekonomika», 2008.
11. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. –
SPb. Piter, 2007.
12. ekonomicheskaya bezopasnost Rossii. Uchebnik. / Pod obщ. red. akad.
Senchagova V.K. M.: DELO, 2005.
13. ekonomicheskaya bezopasnost. Proizvodtsvo, finansы, banki. M.: ZAO
«Fintsatinform», 1998.
3-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali
baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni
tahlil
qilish
va
bashoratlashda
iqtisodiy
xavfsizlikning
mingdan
ziyod
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan
foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real
va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim
jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro
bog’liqlikdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezon va ko’rsatkichlari asosida iqtisodiy tizimning
amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Ko’rsatkichlar tahlikali chegaralar
sifatida qabul qilingan birliklardan chekingan holatlarda tizim izchil rivojlanishga
14
bo’lgan qobiliyatini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini yo’qotib boradi,
transmilliy korporatsiyalarning ekspansiyasi ob’yektiga aylanib qoladi, milliy
boyliklarning talon-taroj qilinishi, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarining
kengayishidan zarar ko’radi.
Davlat siyosatini ishlab chiqishda iqtisodiyotni nafaqat sifat, balki xavflardan
xoli bo’lgan tarzda rivojlanish chegaralarini son jihatdan ham belgilashi talab etiladi.
Demak mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir
chegara
doirasida
yo’l qo’yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun
ko’rsatkichlarning o’zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega.
SHu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini
normal taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikda negativ, buzuvchi
jarayonlarning
shakllanishiga
olib
keladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning miqdoriy
ko’rsatkichlari bo’yicha milliy manfaatlarni ta’minlash maqsadida ko’rsatkichlarning
eng quyi yoki yuqori chegaralari aniqlanadi.
Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy xavfsizlik
siyosati ko’rsatkichlarning barchasini me’yorida saqlab turishga qaratilishi kerak.
Iqtisodiy xavfsizlikning bir chegaraviy ko’rsatkichi boshqa shunday ko’rsatkichning
yomonlashuvi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas. Davlat har bir konkret holatda
xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni uyg’unlashuvini ta’minlashga harakat qilishi
kerak bo’ladi. Ayni paytda qisqa davr oralig’ida foyda keltirishi mumkin bo’lgan ish,
strategik jihatdan umuman foydasiz bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy
xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini
ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash
hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;
– resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi
mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega
bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini
baholash;
– iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
– hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;
– suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish
imkoniyatlarini baholash;
– ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish
imkoniyatlarini baholash.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga
oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va
ularning o’zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni amalga oshirish uchun
yo’llanma sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Uni amalga oshirishda jamiyat
bazisini qayta tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta qurish, yangi
bozor institutlarini, xo’jalik yuritish dastaklarini, boshqarish tizimini yaratishga
muvofiq bosqichma-bosqich harakat qilish zarur bo’ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud:
15
yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot); inflyatsiya darajasi; davlat
byudjeti kamomadi; ichki qarz darajasi; tashqi qarz darajasi; ishsizlik darajasi;
turmush darajasi va sifati; oltin valyuta zahiralari;
xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat.
YUqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari yana bir qator ko’rsatkichlar ham
mavjud. Masalan, aholi daromadlari, chakana narxlar miqdori, uy-joy bilan
ta’minlanganlik, hududning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududning
to’lov balansi, eksport-import saldosi va boshqalar.
YUqorida ta’kidlanganidek, ko’rsatkichlarning barcha majmuasi qabul qilingan
chegaralar doirasida bo’lgan va bir chegaraviy ko’rsatkich boshqa bir chegaraviy
ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga yaxshilanmagan taqdirdagina xavfsizlikning
eng yuqori darajasiga erishiladi.
Xavfsizlik
ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari
o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada o’rganilishi zarur.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50
ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:
– iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;
– tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari
14
.
Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab
chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi
mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi,
pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan
tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning
ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.
14
Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. – T.: Akadеmiya, 2006.
16
3- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishi
Xo’jalik yuritishning istalgan sohasida – ishlab chiqarish, tashqi savdo, ilmiy-
texnikaviy hamkorlik va boshqalarda, barcha mamlakatlar uchun xavfsizlikning
ma’lum chegaralari mavjud bo’lib, ularni ilmiy asoslangan me’yorlar asosida
aniqlash mumkin. Ayni paytda ayrim olingan mamlakatda mavjud bo’lgan vaziyatga
to’liq baho beruvchi universal ko’rsatkich mavjud ekanligi to’g’risida gapirish
unchalik to’g’ri bo’lmaydi. CHunki iqtisodiy xavfsizlik ko’p omillar ta’sirida
bo’ladigan hodisa hisoblanib, u milliy ishlab chiqarishning uzluksiz o’zgarib turuvchi
ichki va tashqi sharoitlarining yig’indisini aks ettiradi.
Akademik V.K Senchagovning umumiy tahriri ostida chop etilgan
“Ekonomicheskaya bezopasnost Rossii” nomli dasrlikda ta’kidlanishicha, iqtisodiyot
holati, uning xavfsizligi uchta indikator, ya’ni iste’mol narxlari, milliy valyuta kursi
va aholining pul daromadlari bilan belgilanadi.
Mana shu uchta indikator iqtisodiy
xavfsizlikning boshqa indikatorlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishga
qodirligini
ifodalovchi
ko’rsatkichlar
moliyaviy tizim
barqarorligini
ifodalovchi
ko’rsatkichlar
ijtimoiy soha
ko’rsatkich
lari
tashqi savdo
va iqtisodiy
faoliyat
ko’rsatkichlari
YaIM hajmi,
sanoat ishlab
chiqarishi hajmi
va tarkibi,
mashinasozlik
mahsulotlari
hajmida yangi
turdagi
mahsulotlar
ulushi, mudofaa
va fan uchun
harajatlar va b.
davlat byudjеti
kamomadi,
davlat qarzi, pul
muomalasi,
o’zaro hisob-
kitob va boshqa
moliyaviy
ko’rsatkichlar
aholi
daromadlari
darajasi,
aholining
mulkiy
jihatdan
tabaqalanishi,
ishsizlik
darajasi
mamlakat
ichki
istе'molida
importning
ulushi va
milliy ishlab
chiqarish
hajmida
eksportning
ulushi
Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining
guruhlanishi
17
Ular iqtisodiy xavfsizlik vositasi sifatida xizmat qiladi
15
. Bunday ko’rsatkichlar
davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish
vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
CHegara ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor
jihatdan ifodalanishidir. Mazkur ko’rsatkichlar tizimli tahlil, prognoz va ijtimoiy-
iqtisodiy rejalashtirishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiyot sohasida asosiy ustuvorlik aholining turmush darajasini yuksaltirish
bo’lganligi bois YAIM hajmi va u bilan bog’liq ko’rsatkichlarning quyi chegaraviy
miqdorlarini belgilashda aynan shu ko’rsatkich asos sifatida olinishi kerak.
Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar minimal darajada
bo’lishi uchun yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan aholi ulushi 7-10
foizni tashkil etishi, boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut esa sakkiz
martadan oshmasligi kerak.
Bir guruh rossiyalik olimlar iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlarini
belgilashda BMT tomonidan 1990 yilda qabul qilingan insoniy rivojlanish indeksini
taklif etadilar. Mazkur indeks ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashgan
ko’rsatkichi (mezoni) bo’lib hisoblanadi
16
.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari uchta guruhga
ajratib ko’rsatiladi:
17
birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi dunyoga minimal
darajada bog’liqlik sharoitida faoliyat yuritish qobiliyatini kiritadilar. Ushbu guruhga
quyidagi chegaraviy miqdorlar kiritilgan:
– YAIM umumiy hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 75
foiz miqdorida;
– aholi jon boshiga YAIM hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha
indikatorning 50 foiz miqdorida;
– dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida;
– sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta ishlash sanoati
ulushi – 70 foiz;
– YAIMda investitsiyalar ulushi – 25 foiz;
– sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi – 20 foiz;
– aholining ichki iste’molida import ulushi – 30 foiz, shu jumladan oziq-ovqat
mahsulotlari – 25 foiz;
– mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi mahsulotlar ulushi – 6
foiz.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari tarkibiga aholi turmush darajasi va sifati bilan
bog’liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan:
– aholining umumiy sonida yashash minimumidan past daromadga ega
bo’lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz;
– umr ko’rish uzunligi – 70 yosh;
– boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut – 8 marta;
– ishsizlik darajasi – 7 foiz.
15
Вечканов Г.С. Экономическая безопасность: Учебник для вузов. – СПб. Питер 2007, с. 12
16
Shu manba 73 bet.
17
Shu manba, 74-75 betlar.
18
Uchinchi guruh ko’rsatkichlari moliyaviy holat bilan bog’liq bo’lib, ular
quyidagilardan iborat:
– YAIMga nisbatan ichki qarz miqdori – 30 foiz;
– YAIMga nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz;
– YAIMga nisbatan byudjet defitsiti – 5 foizgacha;
– naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati 25 foiz;
– YAIMga nisbatan pul massasi (M2) – 50 foiz.
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, chegaraviy ko’rsatkichlarning bir xil
miqdorini belgilab qo’yish uslubiy jihatdan uncha to’g’ri bo’lmaydi. Masalan,
birinchi guruh ko’rsatkichlarida keltirilganidek, investitsiyalar ulushi YAIMga
nisbatan hisoblaganda 25 foizdan kam bo’lgan holatda iqtisodiyotga tahdid yuzaga
keladi. Lekin, ayni paytda investitsiyalar ulushi 40 foiz bo’lganida ham tahdid yuzaga
kelishi mumkin. Farq shundaki, birinchi holatda mehnat qurollarining moddiy va
ma’naviy jihatdan eskirishi natijasi sifatida tahdid yuzaga kelsa, ikkinchi holat aholi
turmush darajasi va sifatining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. SHundan kelib
chiqib, iqtisodiy xavfsizlikning ayrim chegaraviy miqdorlarini qat’iy qilib emas, balki
ma’lum doira chegarasida belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |