Portfel investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muxitini shakllantiruvchi omillar kompleks xarakterda bulib, tadbirkorlik muhiti investorning strategiyasi va qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni kamrab oladi. Jaxon iktisodiyotida XX asrning 90-yillaridan boshlab portfel investitsiyalar hajmining nisbatan barkaror sur‘atlarda usishi kuzatila boshlandi. Bu holatni quyidagi omillar ta‘siri bilan izohlash mumkin:
moliya bozorlarining globallashuvi jarayonida moliyaviy kapitalni nisbatan kam xarajatlar bilan koʻchirish imkoniyatining yaratilishi;
rivojlanayotgan bozorlarda makroiqtisodiy holatning barqarorlashuvi tufayli portfel investitsiyalarning ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga kiritilishi;
xalkaro moliya bozorlarida foiz stavkalarining pasayishi va likvidlilikni ta‘minlashning oshishi;
jamg‘armalarning institutsionallashuvi va moliyaviy aktivlarni professional darajada boshqarishning oʻsishi.
Rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotning erkinlashuvi xamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi xorijiy investorlar uchun moliyaviy mablag‘larni joylashtirishda ularning jozibadorligini oshirdi.