Termiz davlat universiteti


-jadval 2016-2018 yillarda moliyalashtirish manbalari boʻyicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar23



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə21/29
tarix03.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#60499
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Togridan togri disertatsiyam

2.4-jadval 2016-2018 yillarda moliyalashtirish manbalari boʻyicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar23

Koʻrsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil

mlrd. soʻm.

oʻsish sur‘ati,%

mlrd. soʻm.

oʻsish sur‘ati,%

mlrd. soʻm.

oʻsish sur‘ati,%

Jami

49476,8

109,6

60719,2

107,1

107333,0

118,1

Markazlashtirilgan investitsiyalar

10460,9

110,5

14975,0

119,2

34445,4

130,1

Byudjet mablag‘lari

2210,9

100,4

3367,9

126,6

4121,1

88,7

Davlat maqsadli



















jamg’armalari
mablag’lari

2340,3

84,5

2333,2

82,4

5468,7

170,6

Bolalar sportini



















rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

311,3

114,6

184,4

49,8

271,2

129,0

Tiklanish va taraqqiyot



















jamg’armasining mablag’lari

2338,2

111,9

5175,7

184,8

7894,8

103,7

Chet el investitsiyalari va



















hukumat kafolati ostidagi olingan kreditlar

3260,2

152,8

3913,8

100,3

16689,6

2,8 m.

Markazlashtirilmagan investitsiyalar

39015,9

109,3

45744,2

103,7

72884,6

59,3

Korxonalarning mablag‘lari

14246,9

101,3

17882,7

98,9

30062,9

106,5

Aholi mablag’lari

12108,1

129,4

8790,8

84,5

12127,8

104,1

Toʻg‘ridan-toʻg‘ri chet el



















investitsiyalari va kreditlari

7569,0

108,0

12395,2

140,7

14660,4

85,8

Tijorat banklarining



















kreditlari va boshqa
qarz mablag’lari

5091,9

95,9

6675,5

100,9

16033,5

131,3

Keltirilgan jadval ma‘lumotlaridan koʻrish mumkinki, 2018 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2017 yilga nisbatan 76,8 foizga oshgan. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yirik qismi markazlashmagan investitsiyalar hisobidan shakllangan. Bu holat mamlakatimizda investitsiya dasturini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan choratadbirlarning faollashgani bilan izohlanadi.
2018 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmida aholi va korxonalar mablag‘lari 39,3%ni, xorijiy investitsiya va kreditlar 29,2%ni, bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 14,9%ni tashkil etgan. Shu bilan birgalikda byudjet mablag‘larining ulushi 2006 yildagi 12,3%dan 3,8%ga kamaydi. Mazkur holat mamlakatimizda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyalash darajasining oshirilganligi hamda mahalliy va xorijiy tashkilotlarning investitsion jarayonlardagi ishtirokining faollashganligi bilan izohlanadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 23661,6 mlrd.soʻm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 22,0 %i oʻzlashtirilgan.
Qayta ishlash sanoati tarkibida eng koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan 3 faoliyat turi quyidagilar:

  • Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 4 097,2 mlrd.soʻm (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 3,8 %);

  • metallurgiya sanoati 4 299,8 mlrd.soʻm (4,0 %);

  • toʻqimachilik mahsulotlari va kiyim kechak ishlab chiqarish 4 627,3 mlrd.soʻm (4,3 %).

Togʻ-kon sanoatida 12 253,9 mlrd. soʻm yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 11,4 %i oʻzlashtirildi. Shundan 8 871,7 mlrd. soʻm yoki jami investitsiyalarning 8,3 %i xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarishga yoʻnaltirilgan.
2018 yilda 31350,0 mlrd.soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning
29,2 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 13 085,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi va qolgan 18 265 mlrd.soʻm xorijiy kreditlar hisobiga toʻgʻri keldi.

2.2-rasm. 2018 yilda iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalar33
Toʻgʻridan - toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan joriy davrda 14660,4 mlrd soʻm oʻzlashtirilgan boʻlib, undan 89,3 %i yoki 13 085,0 mlrd.soʻm investitsiyalar va qolgan 10,7 %i yoki 1575,4 mlrd.soʻm kreditlarni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surati 136,6 %ni tashkil etdi.
Oʻsish suratlarini hududlar kesimida koʻradigan boʻlsak, eng yuqori koʻrsatkich Navoiy viloyatida qayd etilganini koʻrish mumkin. Ushbu hududda xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 marttaga koʻpaygan.
Eng past oʻsish surati Buxoro viloyatida kuzatilib, u oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bor yoʻgʻi 36,6 %ni tashkil etdi.
33
Elektr, gaz bilan taʻminlash faoliyati boʻyicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 34,2 %i yoki 10 731,7 mlrd. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan boʻlib, ular asosan yuqorida keltirib oʻtilganidek 450 MVt quvvatli 2 bugʻ-gaz qurilmasini kengaytirish boʻyicha qurilish ishlari, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektrostantsiyasi qurilishi kabi yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliqdir.

2.3-rasm. 2018 yilda xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻsish suratlari
(%da)24
Qayta ishlash sanoatida ham katta hajmda xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilib, jami 8352,1 mlrd.soʻm yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 26,6% %i oʻzlashtirildi.
Togʻ-kon sanoatida esa u 6 159,3 mlrd. soʻmni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida 19,6 %ni tashkil etdi. Bu Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metan asosida sintetik suyultirilgan yoqilgʻI ishlab chiqarishni tashkil etish, Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodining qurilishi va boshqa investitsiyalari bilan bogʻliq.
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta‘sir koʻrsatadi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin