Tadqiqot ob’ekti: Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning grafik faoliyatda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning grafik faoliyatlarida fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish jarayonida qo’llaniladigan metod va vositalar.
Tadqiqot maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning grafik faoliyatda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish jarayonini tashkil etishning samarali shakl,metod va vositalarini takomillashtirish.
Tadqiqotning vazifalari: Talabalarning grafik faoliyatda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy metodikasini ishlab chiqish;
Talabalarni yangi mavzuni o’rganishlarini rag’batlantirish;
O’qituvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga tezroq va samaraliroq erishish usullarini ishlab chiqish;
Dars jarayomi samarali kechishini nazorat qiluvchi metodlarni qo’llash,o’quvchilarning faolliklarini va o’zlashtirilgan yangi bilim va ko’nikmalarini baholash;
Tadqiqot natijalarini miqdor va sifat jihatidan tahlil qilish;
Pedagogik xulosa va tavsiyalar shlab chiqish;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning grafik faoliyatda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish jarayonida grafik mutaxassislarning bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishga oid nazariy qarashlar va yondoshuvlar bilan boyitildi.Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda talabalarning fazoviy tasavvurlarini oshirish maqsadida samarali shakl, metod va vositalar takomillashtirib berildi hamda talabalarning mustaqil o’quv faoliyati modeli ishlab chiqildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning grafik faoliyatda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish jarayoni pedagogik muammo ekanligi o’rganiladi hamda tahlil qilinadi;
Bo’lajak grafik mutaxassislarni tayyorlashda ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning samarali shakl,metod va vositalari tanlanadi;
Grafik faoliyatda o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo’yicha dasturlar mazmuni bilan tanishiladi;
Grafik faoliyatda o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni takomillashtirishning modeli ishlab chiqiladi;
Talabalarda muhandislik grafikasi fanlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo’ladi;
Talabalar faoliyatini ijodiy masalalar yechishga yo’naltirish imkoniyati kuchayadi.