Tadqiqotning metodologik asosi:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari va nutqlarida bayon qilingan yosh avlod tarbiyasiga oid fikrlar;
I.Karimov asarlarida va nutqlarida asarlari va nutqlarida bayon qilingan yosh avlod tarbiyasiga oid fikrlar;
Psixolog,pedagog,metodist olimlarning pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan ilmiy uslubiy asarrlari,risola va maqolalar;
O’zbek va xorij olimlarining pedagogik texnologiyalarni shakllantirish borasidagi ilmiy izlanishlari;
Tadqiqot metodlari:
Mavzuga oid psixologik-pedagogik,ilmiy va metodik adabiyotlarni o’rganish;
DTS,o’quv rejasi va dasturlarni o’rganish;
Kuzatish,suhbat;
Ishlab chiqilgan fan ishchi dasturlari asosidagi o’quv jarayoni tahlili;
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib,o’quvchilarning fazaoviy tasavvurlarini rivojlantirishni samarali kechishini ta’minlash.Metodik ishlanmalar,tarqatma materiallar,slaydlar,animatsiyalar,tavsiyalar,o’qitishda interfaol metodlardan foydalangan holda darslarning sifat va samaradorligiga erishish.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
Ishlab chiqiladigan metodik tavsiyalarni o’qituvchi hamda talabalar o’z pedagogik amaliyot (faoliyat) ida qo’llab,muhandislik grafikasi darslarining samaradorligini oshirishga erishishlari mumkin.Ta’lim texnologiyalarini qo’llashda muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim,ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |