Termiz Davlat univessiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi talabasi Gulboyeva Zulfiyaning davlat tilida ish yuritish fanidan Dalolatnoma mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 118,55 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2022
ölçüsü118,55 Kb.
#74469
1   2   3   4   5
Hujjatchilik tarixi-1

Vaqfnomalar

  • yerga egalik qilish huquqi, qancha yer qachon, kimga va qancha muddatga berilganligi, uni ijaraga berish tartibi, ijara haqi me’yorlari, mulkdan olinadigan daromad, ularni sarflash yo‘llari hamda to‘lanadigan soliqlar kabi jihatlar mukammal aks etgan hujjat hisoblanadi.

Vasiqa

  • qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildiruvchi, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Masalan, ustoz-shogird munosabatlari, boshqalarning bolasini farzandlikka olish, qullikdan ozod qilish, xususiy yoki ko‘chmas mulkni oldi-sotdi qilish, hadya etish hamda savdo-sotiq shartnomalari ana shu vasiqa hujjatlari sanalgan. Qozilarning bu vazifalarini hozirda notariuslar amalga oshirishadi.

Tarxon yorliqlari

  • tarxonlik qadimgi turk-mo‘g‘ul davlatchiligida vujudga kelgan unvon bo‘lib, unga davlat va vatan manfaatlari yo‘lida alohida xizmat qilgan kishilar sazovor bo‘lishgan hamda bu shaxsga berilgan imtiyozlar tarxon yorliqlari yoki tarxon haqidagi farmon deb atalgan maxsus hujjatlar yordamida rasmiylashtirilgan. Turli davrlarda imtiyozi o‘zgarib turgan tarxonlik huquqlari ana shu hujjatlarda aniq ko‘rsatib berilgan.

Amir Temur «Tuzuklar»i

  • «Har bir mamlakat fath etilgach, turli ko‘ngilsiz hodisalardan amnu omonlikda bo‘lsin, uning hosil va daromadlarini hisobga olib ish tutsinlar. Agar yerlik fuqaro azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo‘lsa, ularning roziligi bilan ish ko‘rsinlar, aks holda (xirojni) tuzukka muvofiq yig‘sinlar. Yana amr qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig‘sinlar. Chunonchi, doim, uzluksiz ravishda koriz, bo’loq va daryo suvi bilan sug‘oriladigan ekin yerlarni hisobga olsinlar va unday yerlardan olingan hosildan ikki hissasini raiyatga, bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat xazinasi) uchun olsinlar.

XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri "patta"lardir. Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, maxsulot, urug’ (don) yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy va muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.

  • XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri "patta"lardir. Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, maxsulot, urug’ (don) yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy va muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.

1917 yildagi Oktyabr to’ntarishidan keyin hujjatchilik ishlari asosan rus tilida olib boriladigan bo’ldi. Turkiston o’lkasining 1918 yilgi Asosiy qonunida o’zbek va rus tillari davlat tillari deb e’lon qilingan edi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga bagishlab 1921 yilda o’tkazilgan I Butun Rossiya konferensiyasi kun tartibiga boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish va hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, bu ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yo’lga solib turuvchi maxsus tashkilot tuzish masalasi kiritilgan.
O’zbek tiliga davlat maqomi berilgan bugungi kunda o’zbek tilida mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi. Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasida hujjatlarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Rasmiy tadbirlardan tashqari hozirga qadar o’zbek tilida idoraviy ish yuritish sohasida bir necha amaliy qo’llanmalar yaratildi. Bugungi kunda «Rasmiy-idoraviy uslub» deb nomlangan kompyuter dasturi ustida olib borilayotgan ishlar nihoyasiga yetmoqda.

Yüklə 118,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin