BIOINFORMATIKA VA GENOMIKA FANLARI KELAJAGI GENITIKA INFORMATSIALLAR BANKI XXI asrning boshlanishi molekulyar biologiya va bioinformatika sohasida erishilgan
ulkan yutuqlar bilan sharaflidir. DNKning alohida qismlarining va turli ko‘rinishdagi
organizmlarning keng ko‘lamdagi genom ketma-ketliklarini ma’nosini ochishga imkon beruvchi
DNK asosining ketma-ketliklarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratilishini
haqli ravishda muhim deb hisoblash mumkin. (Venter et al, 2001.)Inson genomlarini, hayvonlar,
o‘simliklar, bakteriyalar va viruslar genomlarini sekvenirlash bo‘yicha keng ko‘lamdagi
loyihalarni amalga oshirish nukleotid ketma-ketliklar to‘g‘risidagi axborotlar hajmini bamisoli
ko‘chkisimon o‘sishga olib keldi [http://www.ncbi.nlm. nih.gov/Genbank/ genbankstats.html]
Genetik molekulalarning vazifalari va ularning tuzilishi haqidagi bilimlarning to‘planishi va
umumlashtirilishi, ularning tahlili molekulyar genetikaning postgenom davridagi birmuncha
muhim muammolari sirasiga kiradi. Ma’lumotlar bazasida to‘plangan ilmiy tajriba axborotlar va
DNK ketma-ketliklari tahlili asosida kompyuter dasturlari yordamida yangi genlarning vazifaviy
qisqa ma’lumoti ushbu muammoni echishga yondashuvlardan biridir.
So‘nggi 10-15 yillar mobaynida ilmiy jamiyatlar DNK ketma-ketliklarini to‘plashga
kuchli e’tibor qaratmoqdalar va taxminan 310 nukleotid juftdan iborat bo‘lgan inson
genomining aniqlangani ushbu faoliyatning cho‘qqisi bo‘ldi [Venter et al, 2001] Ayni paytda
ma’lumotlarning asosiy molekulyar-genetik bankida [EMBL, GenBank, DDBJ]
mikroorganizmlar to‘la sekvenirlangan 180 ta genomlari va inson genomlarini ham qo‘shganda
o‘nlab eukariot genomlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plab bo‘lingan, boz ustiga aniqlangan
ketma-ketliklar hajmi shitob bilan o‘sib bormoqda.[
MICRO-BES /Complete.html] Fan uchun, tibbiyot va inson hayotining boshqa jabhalari uchun
olingan axborotlar qiymatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Biroq, ushbu axborotdan samarali
foydalanish uchun uning biologik mazmunini tushunish, ketma-ketlik vazifasini belgilash,
ularning tartibga solishdagi rolini va o‘zaro tadrijiy munosabatlarini aniqlash zarur. Ayni paytda
DNK, RNK va oqsillar ketma-ketligini tahlil qilish uchun matematik uslublar tajribaviy
uslublarning o‘rnini bosa olmaydi. Biroq kompyuter uslublarida ixtisoslashgan ma’lumotlar
bazasida to‘plangan DNK ketma-ketliklari to‘g‘risidagi ulkan miqdordagi ilmiy tajriba
ma’lumotlar genomlar tuzilishi va tadriji haqidagi sifat jihatdan yangi bilimlarni olishning
imkonini beradi. [Kanehisa and Bork, 2003; Galperin, 2004]Aynan genom ma’lumotlarining
statistik tahlili asosida genetik axborotni tashkil etish to‘g‘risidagi yangi bilimlarga ega bo‘lish
mazkur ishda tavsiya etilgan kompyuter tadqiqotlarining asosiy maqsadidir. XXI asrning
boshlarida DNK va oqsillar ketma-ketligining tuzilishi va xossasini o‘rganishga yo‘naltirilgan
dasturiy mahsulotlarning keng doirasi yaratildi. [Kolchanov, 1988; Wang et al, 1999; Pevzner,
2000; Momit, 2001; Koonin and Galperin, 2002]Bu dasturlarga joylashtirilgan ko‘plab
algoritmlar texnikasini biopolimerlar ketma-ketligini qurishda statistik xossalar va
qonuniyatlarni tadqiq qilish uchun diskret matematikada [Gusfield, 1997] hamda matematik
statistika va ehtimollar nazariyasida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ketma-ketliklar
o‘zgarishining tadrijiy cheklovini hisobga oluvchi matematik baholash yordamida genetik
ma’lumotlar murakkabligining tahlilini o‘tkazish muhim muammolardan biridir. Eukariot genlari
ta’sirliligini tartibga soluvchi ketma-ketliklar genomida kompyuter tadqiqotini o‘tkazish va
izlash muammosi birmuncha muhimdir. Ketma-ketliklarni tartibga soluvchi ma’lumot
murakkabligining miqdoriy tahlili va ma’lumotiy tashkillashuvini har taraflama tadqiq qilish
uchun zamonaviy Internetbop kompyuter dasturlarini yaratish zarur.