Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti


GENETIKA FANING YUTUQLARI



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə14/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
12-19

GENETIKA FANING YUTUQLARI
Genetika biologik fanlar jumlasiga kirib tirik organizmlaming irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Genetika so‘zi lotincha "geneo" yoki grekcha "geneticos" tug‘ilish va avlod degan so‘zlaridan olingan. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Irsiyat tirik organizmlaming oila, avlod, zot, tur va navga mansub bo'lgan hayvon va o‘simliklarning belgi va xususiyatlarini nasldan - naslga o‘tkazish xususiyatidir. Irsiyat tufayli ota-onalar organizmlarining belgi-xususiyatlari nasldan-naslga beriladi. Shu bilan bolalar va yaqin qarindoshlarning o‘zaro o‘xshashligi namoyon boMadi. Har bir turdagi qishloq xo‘jaJik hayvonlar zoti o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Masalan: qora-ola zot sigirlari qora-ola rangda bo‘lib, yaxshi sutdorlik belgilariga ega bo‘ Isa, shvits zotli sigirlar esa qo‘ng‘ir bo‘lib, sut - go‘sht yo‘nalishidadir. Qorako‘1 qo‘ylari yaxshi 5 jingalakli barra terili qo‘zilar tug‘ishi bilan boshqa qo‘y zotlaridan ajralib turadilar. 0 ‘xshashlik ayniqsa egizaklarda, xususan bir tuxuradan paydo bo‘lgan egizaklarda yaqqol ko‘zga ko‘rinadi. Ular morfologik va fiziologik tuzilishi bo‘yicha juda o‘xshash bo‘Iib, ularni bir-birlaridan ajratish qiyin. Xuddi shunday o‘xshashlikni o‘simliklar va mikroorganizmlar dunyosida ham ko‘rish mumkin. Bug‘doydan bug‘doy, g‘o‘zadan g‘o‘za kelib chiqadi. Наг bir nav o‘siralik o‘z sifatini bo‘g‘indanbo‘g‘inga o‘tkazib boradi. Shunday qilib irsiyat har bir organizmning bir xossasi hisoblansa, uning ikkinchi xossasi o‘zgaruvchanlikdir. 0 ‘zgaruvchanlik avlodlar orasida har xil farqlanishning kelib chiqishi bolalarda, ota-onada va uzoq ajdodlarda bo‘lmagan belgi va xususiyatning paydo bo‘lishidir. 0 ‘zgaruvchanlik irsiyatning teskarisi bo‘lsada, aslida u barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Irsiyat belgilami to‘plasa, yig‘sa va ularni mustahkamlasa o‘zgaruvchanlik esa ularni buzadi, o‘zgartiradi va yangiliklarni yaratadi. Bir zotga kiruvchi hayvonlar ham belgi va xususiyatlari bilan birbirlaridan ajralib turadilar. Qora-ola zot sigirlari orasida sog‘ilish davri (laktatsiya) davomida 8-10 ming kg sut beruvchi va 2-3 ming kg sut mahsulotiga ega bo‘lgan sigirlar mavjud. Qorako‘l qo‘ylari orasida qora, ko‘k, sur, guligaz, qambar va oq qo‘ylar mavjud. Ch.Darvin organik evolyutsiya jarayoni asosan uchta omil: tabiiy tanlash, irsiyat va o‘zgaruvchanlik bilan bog‘liqligini aniqladi. Evolyutsion jarayonning yo‘naltiru vchi va harakatlantiruvchi kuchi tabiiy tanlash bo‘lib, uning harakati uchun organizmlarda o‘zgaruvchanlik bo'lishi, ya'ni yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘lishi zarur. 0 ‘zgaruvchanlik tabiiy tanlash uchun manba tayyorlab beradi. Evolyutsiya jarayoni uchun o‘zgargan belgilami nasldan-naslga o‘tkazib borayotgan organizmlar muhim ahamiyatga ega. Belgilaming nasldan-naslga o‘tib borishini ta'minlashda uchinchi asosiy omil-irsiyat u asosiy vazifani bajaradi. Irsiyat turning ma'lum davrdagi rivojlanish darajasini mustahkamlaydi, undagi avlodlar orasida material va funksional o‘xshashlikni taminlaydi. 6 Qadimgi zamonlarda fan tirik organizmlardagi irsiyat va o‘zgaruvchanlik xususiyatini chuqur o‘rganish uchun imkoniyatsiz edi. Aniq tekshirishlar va ilmiy tajribalar juda ham каш edi. Shuning uchun ham irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‘risidagi omillarga aniq asoslanmagan, xayol bilan yaratilgan ko‘pgina gipotezalar mavjud edi. Keyingi vaqtlarda eksperimental genetikaning rivojlanishi, ya'ni ko‘pgina ilmiy tekshirishlar natijasida irsiyatning qonuniyatlari moddiy asosida aniq landi. Sitologik tekshirishlar natijasida irsiyatni boshqarishda hujayra yadrosida joylashgan xromosomalaming yetakchi roli aniqlandi. Xromosomalarda DNK (dezoksiribonuklein) kislotasi joylashgan bo‘lib, genlar shu kislotaning molekulalari, ya’ni qismlari ekanligi aniqlandi. Genlar juda murakkab tuzilgan bo‘lib, yanada mayda qismlardan iborat ekanligi va ulaming chiziq bo‘ylab ma'lum bir tartibda ketma-ket joylashganligi isbot qilindi. Shu bilan birgalikda organizm shaxsiy taraqqiyoti va ayrim belgilaming shakllanishini belgilaydigan irsiy asoslar organizmdagi genlar yig‘indisiga bog‘liq ekanligi ham aniqlandi. Shunday qilib irsiyat * bu tirik organizmlaming avlodlar o‘rtasida moddiy va o‘ziga xos o‘xshashlikni tashkil etish va tashqi muhitning ma'lum bir sharoitida maxsus shaxsiy taraqqiyotini belgilashidir. Irsiyat va o‘zgaruvchanlikdan foydalanib kishilar yangi hayvon zotlari va o‘simlik navlarini yaratdilar. Mutaxassis genetika fanining asosini o‘zlashtirishi va unga ijodiy yondashib o‘zining bilimini amaliyotda qo‘llay bilishi shart. Hayvonlaming irsiyati va o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi nazariyalami tahlil qilishi, shuningdek genetika fani tomonidan aniqlangan qonuniyatlarni bilish, mutaxassislarga hayvonni tog‘ri baholash, sifatli avlod beradigan individlami tanlash, asosiy belgi va xususiyatlami seleksiyalash, ya’ni mavjud zotlarni takomillashtirish va yangilarini yaratish imkonini beradi. Bu ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilikni barqaror rivojlantirishda muhim hisoblanadi. 0 ‘zgaruvcbanlik xillari. 0 ‘zgaruvchanlik irsiy va noirsiy bo‘lishi mumkin. Irsiy o‘zgaruvchanlikka mutatsion va kombinativ 7 o‘zgaruvchanliklar kiradi, noirsiy o‘zgaruvchanlikka esa modifikatsion o‘zgaruvchanlik kiradi. Bundan tashqari korrelyativ va ontogenetik yoki fenotipik o‘zgaruvchanlik ham mavjud. Mutatsion o‘zgaruvchavlik irsiy belgilaming to‘satdan o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lib u sifatiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va bu o‘zgarishlar nasldan-naslga beriladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik har xil zotli hayvonlar yoki har xil nav o‘simliklami chatishtirish natijasida paydo bo‘ladi, ya'ni bundahar xil genlaming o‘zaro qo‘shilishidan yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘lib, bu xususiyatlar keyingi avlodlarga naslga beriladi.

Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin