Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti


Mavzu:Genom Polimorfizimi



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə11/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
12-19

Mavzu:Genom Polimorfizimi
Genom (nem. Genom) — xromosomalar (unda joylashgan genlar bilan birga) gaploid toʻplami; individ genetik tuzilishining asosiy elementlari majmui. "G." terminini fanga nemis biologi G. Vinkler kiritgan (1920). Gaplofazada har bir hujayra bitta G.ga, diplofazada esa ikkita G.ga ega boʻlib, zigota hosil boʻlishida ularning biri erkak, ikkinchisi urgʻochi gametalardan oʻtgan boʻladi. G. asosiy genetik va fiziologik sistemalarni oʻzida namoyon qilib, uning genetik jihatdan mukammalligi normal gameta va zigotalarning hosil boʻlish zaminidir. Hayotchan, ammo qisman hosildor poliploid formalar kamida bir juft gomologik G.ga ega boʻlishi shart; qolgan xromosomalar boʻyicha turli chetlanishlar boʻlishi mu.mkin, bu esa rivojlanishga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi. Agar konʼyugatsiyalanuvchi (gomologik xromosomalarning yaqinlashuvchi) xromosomalardagi genlarning chiziqli joylashishi aynan oʻxshash boʻlsa, u holda ikkala G. mutlaqo oʻxshash (gomologik) boʻladi. Chala gomologik G.da duplikatsiya (xromosoma uchastkasining ikki hissa ortishi) hamda deleniya (xromosoma uchastkalarining yetishmasligi) natijasida yuz beradigan resiprok translokatsiya (xromosomaning ikki uchastkasi oʻzaro oʻrin almashadi) va inversiya (xromosoma uchastkasi holatining oʻzgarishi) tufayli barcha yoki ayrim konʼyugatsiyalanuvchi xromosomalarning qisman aynan oʻxshashligi kuzatiladi. Segmentli aynan oʻxshashlik bilan xromosoma konʼyugatsiyasining tipi va darajasi, shuningdek urugʻlanish miqdori aniqlanadi. Euploidiya (bir butun G. normal sonining ortishi) va aneuploidiya (xromosomalar sonining xromosomaning karrali normal gaploid toʻplamiga teng boʻlmagan holdagi oʻzgarishi) G.li mutatsiyalarta olib keladi.
Genom va genetik xilma-xillikni o'rganish bo'yicha fundamental, amaliy va innovasiya ishlarini amalga oshirish, qishloq xo'jaligi ekinlari, dorivor va texnik o'simliklar tuzilishi hamda faolligini o'rganish, urug'chilik bilan bog'liq ishlar, ularni turli sharoitda sinash hamda ishlab chiqarishga tatbiq qilish bugungi kunning muhim vazifasidir.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan zamonaviy gen va hujayra muhandisligi, genom va virtual seleksiya dasturlarini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanib, atrof-muhit va odamlar uchun xavfsiz, kasallik va zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi o'simlik navlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, markazda qishloq xo'jaligi sohasining yangi yo'nalishlarida ham ilmiy ishlar olib borilyapti.
Bugungi kunda markazda 6 ta laboratoriya va 2 ta — Personallashtirilgan qishloq xo'jaligi ekinlarini o'rganish hamda Genetik o'zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlarini tahlil qilish bo'yicha milliy muvofiqlashtirish markazi bo'limi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, markaz qoshida maxsus urug'chilik xo'jaligi, issiqxona, fito­tron va germoplazma kabi noyob ob'ektlar mavjud.
Markaz faoliyati davlatimiz ­rahbarining 2017 yil 10 fevraldagi “Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida qayta tashkil etildi, genomika va bioinformatikani yanada rivojlantirish bo'yicha ishlar jadallashib, yangi bosqichga ko'tarildi.
Laboratoriyalarda hujayralardan ko'paytirilgan paxta, bug'doy, uzum nihollari, gen-nokaut usuli bilan yaratilgan “Porloq” turku
Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin