Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti


Molekulyar genetikaning eng asosiy yutuqlari



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə7/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
12-19

Molekulyar genetikaning eng asosiy yutuqlari
Genetika sohasida eng muhim voqealardan biri F.Senger tomonidan bir zanjirli halqasimon φX174 fagining genomini sekvenrlanishi hisoblanadi, bu kashfiyoyi uchun olim 1980 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‗lgan. Ushbu kashfiyot molekulyar genetika sohasida yangi era- genomika erasining rivojlanishiga turtki bo‗ldi. O‗tgan asrning 80 yillaridan so‗ng, turli xil organizmar genomini, bakteriyalar, zamburug‘lar, o‗simliklar, hasharotlar, sut emizuvchilar va inson genomini sekvenirlash bo‗yicha birinchi Halqaro dasturlar faoliyat ko‗rsatishdi. [5] Hozirgi kunda bu sohaning rivojlanishi o‗z navbatida bioinformatika yonalishining rivojlanishiga olib keldi- ya‘ni makromolekulalar va ular tizimlarini modellashtirish va texnik usublar yordamida tadqiqot qilish ishlarini jadallashtirdi. Ushbu fan yo‗nalishlariga kompyuter genomikasi va metobolonomika kiradi yoki boshqacha proteomika fanini anglatadi. "Genomika" atamasi genom so‗zidan olingan bo‗lib, organizmning barcha genlarining umumiyligi, "proteomika" esa proteom so‗zidan olingan bo‗lib, eukaryot yoki prokaryot hujayrasidagi tarkibiy va katalitik oqsillar to‗plamini bildiradi. Ikkala fan hujayra bilogiyasiga yaqin bo‗lgan genetika va oqsil kimyosi fanlarining rivojlanishining zamonaviy bosqichining terminologik formulasi deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda ushbu fanlar sohasidagi yutuqlar va qo‗llaniladigan uslublar texnologiyasi bo‗yicha genomika eng muhim ahamiyatga ega, proteomika genomikaga asoslangan bo‗lib, u allaqachon tirik mavjudotlarni oqsil darajasida ko‗p jihatdan o‗rganilgan hisoblanadi. [6] 1-BOB. GENOMIKA ASOSLARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Genom haqida tushuncha. Genomika uslublari. 19-asr boshlarida genetika fani "gen-xususiyat" darajasida G. Mendel tomonidan taniqli fundamental qonunlarning kashf etilishi natijasida rasmiy tan olindi. Genning mavjudligi aniqlangan, ammo uning moddiy tabiati noma‘lum bo‗lib qoldi. Faqat 1950-yillarda DNKning ikki spirali va DNK bo‗lagi sifatida gen kontseptsiyasi paydo bo‗ladi va tezda tasdiqlangandan so‗ng, molekulyar genetikaning, individual genlarning o‗lchamlari, gendagi funktsional hududlar va boshqalar jadal rivojlanishi boshlandi. Bunga parallel ravishda biokimyogarlar genetiklar ishtirokida genetik kodni DNKdan oqsilga o‗tkazish bilan oqsil sintezining matritsali mexanizmini ochib berdilar. Genom – organizm hujayrasida to`plangan irsiy materialning yig`indisidir. Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo`lgan biologik axborotni saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha hujayrali hayot formasiga ega bo`lgan genomlar DNK dan tuzilgan, lekin ba‘zi bir viruslar genomi RNK dan iborat. Shu bilan birga, ―genom‖ terminining boshqacha talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma‘lum turning genetik materiallari xromosomalarni gaploid to‗plami yig`indisiga tushuniladi. Eukariotlarning genomi hajmi haqida gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini haqida tushuniladi. Odamda (Homo sapiens) somatik hujayralar irsiy materiali yadroda joylashgan 23 juft xromosomada (22 juft autosoma va 1 juft jinsiy xromosoma) namoyon bo`ladi. Bundan tashqari hujayra ko`plab nusxadagi mitohondrial DNK ga ega. Odamning 22 juft autosoma, X va Y jinsiy xromosomlari, mitohondrial DNK birgalikda bo`lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni tashkil qiladi. Wilhelm Ludvig Johannsen 1857—1927 yillar. [7] ―Gen‖ termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909-yili, ya‘ni Uilyam Betson ―genetika‖ terminini kiritgandan 3 yil keyin ishlatilgan. Grekchadan tarjima qilinganda ―gen‖ - bu ―avlod‖, shuning uchun ―genetika‖ – bu ajdoddan avlodga belgilarni o`tishini o`rganuvchi fandir. Genlarni o`rganish bilan genetika fani shug`ullanadi, uni boshlab bergan Gregor Mendel hisoblanadi. U 1865-yilda no`xatni chatishtirishda belgilarni avlodga o`tishini o`rganishga bag`ishlangan o`zining ilmiy ishlari natijasini e`lon qilgan


Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin