Termiz Davlat Unversiteti Tarix fakulteti 3-kurs 301-guruh talabasi Yangiboyev Fayzullaning jahon tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə1/5
tarix26.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#135214
  1   2   3   4   5
Yangiboyev . F. kurs ishidan tayorlagan taqdimoti

Termiz Davlat Unversiteti Tarix fakulteti 3-kurs 301-guruh talabasi Yangiboyev Fayzullaning JAHON TARIXI fanidan TAYYORLAGAN TAQDIMOTI.

Avstriya Vengriya birinchi jahon urushiga kirish

Reja:

  • Birincgi jahon urushi boshlanishi.
  • Avstriya Vengriya birinchi jahon urushiga kirishi.
  • Avstriya - Vengriya birinchi jahon urushidagi maqsadi .
  • Avstriya Vengriya uchun urush natijalari.

Birinchi jahon urushi boshlanishi
1914-yil 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyaga urush e’lon qildi. Ortidan 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda esa Fransiyaga, 4-avgustda Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qildi va urush global ko‘rinishga keldi. 28-iyul esa rasman Birinchi jahon urushini boshlab bergan sana sifatida tarixga kirdi. “Daryo” Birinchi jahon urushi, urushdan oldingi jarayonlar va ilk kunlardagi voqealar haqida hikoya qiladi.
Urushdan oldingi Yevropa.Urushdan oldin Yervopani dushman alianslar, manfaatlar to‘qnashuvi va maxfiy shartnomalar bo‘lib turgan edi. Ular esa keyichalik butun qit’a va dunyoga tarqalib ketgan urushga yo‘l ochdi. XX asr boshlarida Yevropada ikki uchlik guruhi yuzaga keldi. Biri Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyadan tashkil topgan Antanta ittifoqi, ikkinchisi esa Germaniya, Avstriya-Vengriya va keyinchalik Italiyadan tashkil topgan markaziy kuchlar yoki Uchlar ittifoqi guruhlari edi. Urush boshlangach esa Usmonli, Italiya, Bolgariya kabi davlatlar Uchlar ittifoqi tarafida jang qilgan bo‘lsa, AQSh va Yaponiya singari boshqa ko‘plab davlatlar Antanta tarafida turib urushdi.
Urush sabablar.Urushning ko‘rinib turgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri sababi Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahd shahzodagi Frans Ferdinandning Serbiyaning Sarayevo shahrida o‘ldirib ketilishi deb hisoblansa-da, tarixchilar, siyosatchilar uning ko‘rinmas va chuqur sabablari ko‘pligini va xilma-xilligini ta’kidlab keladi. Tarixchi Andre Loez “iqtisodiy va kolonial raqobat”ni shunday chuqur sabablar qatoriga qo‘shadi (André Loez, La Grande Guerre, Paris, La Découverte, coll. “Repères”, 2010, 125 p.).
Kuchli millatchilik kayfiyati, imperializmning o‘sishi, ekspansion istaklar, fransuz revanshizmi, bolqon urushlari singari hal etilmagan mojarolar urushning stixiyali sabablari edi. Unga iqtisodiy raqobat va Napoleon mag‘lubiyatidan keyin XIX asr davomida Yevropada yuzaga kelgan turli harbiy ittifoqlar, Vena kongressi va 1830-yilgi Belgiya mustaqilligini ham qo‘shish mumkin. Fransiya va Buyuk Britaniya uning suvereniteti garanti edi. Germaniya esa Belgiya hududini bosib olishni istardi.Yuzaga kelayotgan tarang vaziyat davlatlar o‘rtasidagi qurollanish poygasiga olib keldi va har bir qo‘mondonlik yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan mojaroga tayyorlana boshladi. Tarixchi Jan Baptist Dyurosel Sarayevodagi qotillik total urushni boshlab bergan mexnizmni ishga tushirdi deb hisoblaydi (Jean-Baptiste Duroselle, La Grande Guerre des Français : l'incompréhensible, Paris, Éditions Perrin, coll. “Tempus” (no 27), 2003, p34).Kristofer Klark urushni davlat arboblarining dunyodagi siyosiy taranglikni izdan chiqarib yuborishlari oqibati deb hisoblaydi va “mexanizm” haqidagi Dyuroselning fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi tarixchilar, jumladan, Frits Fisher urush Germaniya rahbarlari, ayniqsa, Oliy bosh qo‘mondonlik tomonidan istalgani va tayyorlanganini iddao qiladi
Uchlar ittifoqi.Avstriya-Vengriya serb millatchiligiga barham berib, Bolqonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashni istardi. U janubiy chegaralarida bir slavyan davlati tuzilishini istamasdi;
Germaniya Avstriya-Vengriyani Serbiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u Yevropada o‘z so‘ziga ega bo‘lishga intilar edi. Buning uchun Fransiya va Rossiyani kuchsizlantirishi kerak edi. Shuningdek, Afrikada yangi koloniyalarga ega bo‘lishni ham istayotgan edi;
Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi. Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi oʻldirildi, 20 mln kishi esa yarador bʻoldi. Bundan tashqari, juda koʻp kishilar kasallik va ochlikdan oʻlib ketdi. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻz milliy boyliklarining uchdan bir qismini yoʻqotdilar.[1]
Birinchi jahon urushi tufayli Rossiya imperiyasida Fevral va Oktabr inqiloblari va Germaniya imperiyasida Noyabr inqilobi boʻlib oʻtdi. Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi va Germaniya imperiyasi urush tufayli yoʻq boʻldi.Birinchi jahon urushi (28-iyul 1914 — 11-noyabr 1918) — odamzod tarixidagi eng yirik qonli urushlardan biridir.Urushning rasmiy sababi Saraevo voqealari sabab boʻlgan, bu yerda 28-iyun 1914-yili oʻn toʻqqiz yoshli serbiyalik millatchi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin