Quyida orfoepiyaning ba’zi me’yorlari bilan tanishib o`tamiz: - Yonma-yon kelgan ia, io, ai, oi, ea – unlilari orasiga qisqa y tovushini qo`shib talaffuz etish orfoepik me’yordir: tabiat – tabiyat, shariat – shariyat, radio – radiyo, stadion – stadiyon, said – sayid, ukrain – ukrayin, doim – doyim, oila – oiyla, teatr – teyatr, laureat – laureyat kabi.
- Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar oxiridagi d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me’yordir.
- Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongres singari o`zlashma so`zlarning talaffuzida qo`sh unli (undosh)larning faqat bittasi talaffuz etiladi.
- Shartli qisqartmalarni kengaytirilgan holatda o`qimaslik adabiy talaffuz normasiga ziddir: AQSH – Amerika Qo`shma Shtatlari, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, A. Navoiy – Alisher Navoiy, A.Qod. – Abdulla Qodiriy kabi.
- Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari so`zlar oxiridagi b undoshi jarangsiz jufti bilan almashtirilib, n tarzida yalaffuz ‘tilishi deyarli barcha sheva vakillari nutqiga xosdir va bu hol orfoepiya uchun me’yoriy hodisa hisoblanadi.
Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining yig`indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o`nlab rivojlangan mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro`y bergan ko`rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog`liq bo`lishidan qat’iy nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko`rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, ko`rsatuvni tayyorlagan jurnalistga televideniye muharririga katta miqdorda jarima solinadi, ba`zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin. - Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining yig`indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o`nlab rivojlangan mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro`y bergan ko`rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog`liq bo`lishidan qat’iy nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko`rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, ko`rsatuvni tayyorlagan jurnalistga televideniye muharririga katta miqdorda jarima solinadi, ba`zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |