Adabiy talaffuz, talaffuz me’yori, nutq madaniyati va orfoepiya, ommaviy axborot vositalari va orfoepiya, orfografiya va imlo, fonetik prinsip, morfologik prinsip,tarixiy an’anaviy va shakliy prinsip, orfografiya va orfoepiya aloqadorligi Adabiy tilga xos bo`lgan muhim xususiyatlarning eng birinchisi uning muayyan me’yorlarga bo`ysunishidir.
Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz)
Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz)
1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi;
2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. "O." tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. O. koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Fonetika, leksikologiya, morfologiya yoki sintaksis sohalarida bo`lgani kabi nutqning ikki ko`rinishi: og`zaki va yozma shakllarda ham barcha uchun umumiy bo`lgan o`ziga xos me’yorlar mavjud. Muayyan me’yorlardan chetga chiqish yoki chekinish kishilarning o`zaro fikr almashish jarayoni (og`zaki va yozma)da turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.