Termiz iqtisodiyot va serves unverstetining Sirtqi boshlang'ich ta'lim yo’nalishi 97-22guruh talabasi Subatova Lolagulning ona tili o'qotish metodikasidan

Orfografik va orfoepik qoidalarning o`zaro bog`liqligi.
Orfoepiya – adabiy talaffuz me’yorlarini o`rganuvchi sath.
Orfografiya grekcha so`z bo`lib, orthos – to`g`ri va grafo – yozaman, “to`g`ri yozuv” degan ma’noni ifodalaydi.

Orfografiyatovush va harflar, so`z va uning ma’noli qismlari, qo`shma, juft, takroriy, qisqartma (jumladan, shartli qisqartmalarning ham) so`zlarning qo`shib, ajratib va chiziqcha orqali yozilishi, bo`g`in ko`chirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish o`rinlari haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir.
Orfografiya og`zaki nutqni yozuv orqali to`g`ri ifodalash uchun har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv qoidalarining umumiyligini ta’minlaydi.
Bu esa og`zaki nutqni imloda bir xil yozish imkoniyatini tug`diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan shevalardan farqlanib turadi. Og`zaki nutqda ham, yozma nutqda ham muayyan me’yorlarga rioya qilish nutq (og`zaki va yozma)ning aniq, ravon va tushunarli bo`lishiga yordam beradi. Adabiy tilni to`liq egallash uchun esa til va nutq me’yorlarini bilish hamda unga rioya qilish shart.

Orfografiya to`g`ri yozish qoidalarini belgilashda ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda orfografiyaning quyidagi prinsip (tamoyil) lari qayd qilinadi: fonetik, morfologik, tarixiy - an’anaviy va shakliy (simvolik yoki ideografik) prinsiplar.