Termiz muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»


Ilmiy-pedagogik ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 196 Kb.
səhifə2/8
tarix23.05.2022
ölçüsü196 Kb.
#59154
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogik ish (3) (5) (4) (5)

Ilmiy-pedagogik ishning maqsad va vazifalari

Magistratura haqidagi malaka talablariga asosan magistr:


Har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyati, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim.
Shuningdek, magistr ilmiy-tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha:

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonini faollashtirish uslublari, talabalar bilimlarini reyting nazorat tizimida baholash;

  • mustaqil o‘qishning tashkiliy va o‘quv–uslubiy ta’minoti, masofadan o‘qishning texnologiyalari;

  • o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;

  • turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish, ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlar rejalarini tuzish;

  • talabalar bilimlari nazoratining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini rejalashtirish;

  • tarbiyaviy ishning tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak.



Magistrant talabalarning ilmiy-pedagogik ishini tashkil etish
Termiz muhandislik-texnologiya instituti magistrant talabalar ilmiy-pedagogik ishini tashkil etish “Magistrlik dasturiga qo‘yiladigan talablar”ga muvofiq ravishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Ilmiy-pedagogik ish OTM hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Shuningdek, mutaxassisligiga mos Texnikumlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Ilmiy-pedagogik ish ikki taraflama va boshqa bitimlar asosida xorij mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarida ham o‘tkazilishi mumkin.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti magistratura bosqichi Yerusti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti) mutaxassisligi magistrantlari ilmiy-pedagogik ishini Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Transport tizimlari va texnologik mashinalar kafedrasida ilmiy-pedagogik ishi rahbarlari bilan birga o‘tkaziladi.



Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin