Termiz muhandislik texnologiya instituti


II BOB. MIKROELEMENTLARNI AJRATIB OLISH JARAYONINI TADQIQ QILISH



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə2/27
tarix08.09.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#142014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Hayitaliyeva 2023 9999-iyun

II BOB. MIKROELEMENTLARNI AJRATIB OLISH JARAYONINI TADQIQ QILISH ……..……………….………...………………..24
2.1 Tadqiqot ob’ektlari va ularning asoslanishi …………..…………….24
2.2 Tadqiqot usullari ………………….…………………..……………..28
2.3 Sanoat chiqindi changlaridan misni ajratib olish …………..……….32
2.4 Termik va ekstraktsion fosfat kislotalari bilan rux bug’lanmasidan ruxni ajratib olish ……………………………………………..…….36
2.5 Sanoat katalizatorlaridan mis va ruxni ajratib olish ……………...…40
II bob bo’yicha xulosa …………………………………...………….44
III BOB. MIKROELEMENTLAR KOMPLEKS O’G’ITLAR TARKIBIY QISMLARI BILAN O’ZARO TA’SIRINI FIZIK-KIMYOVIY TADQIQ QILISH …………………………...…………………….45
3.1 Mis, rux, kobal`t, nikel` va marganets fosfatli birikmalarining termodinamikasi ………………………………..…...……….…...45
3.2 Tarkibida mikroelementlar bo’lgan eritmalarini neytrallash va ammoniylashtirishda hosil bo’ladigan birikmalar tarkibiga pH ning ta’siri ……...………………………………………………...……….49
3.3 Murakkab o’g’itlar bo’tqalarida kristallanadigan mikroelementlar fosfatlarini fizik-kimyoviy tadqiq qilish ……………………………53
3.4 Murakkab o’g’itlar bo’tqasi asosiy qismlari bilan mis va rux tuzlarining o’zaro ta’siri ……………………………………………57
3.5 Ammoniy nitrat-rux atsetat-suv sistemasidagi o’zaro ta’sirini o’rganish ……………………………………………………………61
3.6 Mikroelementli murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish texnologiyasi ..65
III bob bo’yicha xulosa ……………………………..……………….69
XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………………70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………….73
ILOVALAR …………………………………………………………..

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan mineral o‘g‘itlardan ammofos, superfosfat, ammofosfat va boshqa tarkibiy azotli-fosforli o‘g‘itlar bugungi zamon talabiga javob bermaydi. Ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligi ekinlariga fizik-kimyoviy ta’siri past, ya’ni tuproq miqdorida tez erib ketadi, foydalilik darajasi kam. Dunyo olimlari qishloq xo‘jaligi ekinlariga har yili mineral o‘g‘itlar berish yerning sho‘rlanishi va atmosferaning, iqlimning o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan isbotlamoqda. Qishloq xo‘jaligidagi uzluksiz kimyolashtirish va mineral o‘g‘itlardan uzluksiz tarzda foydalanish oqibatida atmosferada karbonat angidrid gazi, metan va azot gazlari yig‘ilmoqda, tuproqning suvsizlanish jarayoni oshmoqda.
Mikroelementli murakkab o’g’itlar ishlab chiqarishga keng joriy etilsa, mamlakatimizga millionlab mablag‘ sarflab xorijdan import qilinayotgan o‘g‘itlar hajmi keskin kamayadi. Shu bilan birga, eng muhimi, ekologiyani yaxshilash, yerning unumdorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2017-yil, 10-oktyabrdagi PQ-3318-son qarori ijrosini ta’minlash hamda dehqon xo’jaliklari va aholi tomorqa yer uchastkasidan foydalanish samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va tomorqa yer uchastkasidan olinadigan daromadlarni yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil, 18-mart kuni 205-son “Dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilingan. So’ngi yillarda dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshishiga erishildi.1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qaroriga muvofiq mineral o‘g‘itlarni sotish birja savdolarida amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasining ortishiga, kimyo sanoati tashkilotlarining moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq 2020-yilda umumiy qiymati 1272,3 mln dollarga teng “Navoiyazot” AJ negizida azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarishini qurish”, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish (I-bosqich)” investitsiya loyihalari yakuniga yetkazildi. Natijada yiliga 500,0 ming tonna nitrat kislotasi, 660,0 ming tonna ammiak, 577,0 ming tonna karbamid, 100 ming tonna superfosfat ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar yaratildi.2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil, 17-yanvardagi PF-5635-son “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni, 2019-yil, 14-martdagi PQ-4239-son3 “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabini aniqlash uchun agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish, mineral o‘g‘itlardan tuproqning holati va ekin turiga muvofiq konturlar kesimida tabaqalashtirib foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yishni yanada takomillashtirish hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin