Termiz muhandislik texnologiya instituti



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə3/27
tarix08.09.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#142014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Hayitaliyeva 2023 9999-iyun

Tadqiqotning maqsadi Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida mikroelementli murakkab o’g’itlar olishning texnologik asoslari va ratsional texnologiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’yekti sifatida mikroelementli murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish va uning texnologiyasi olingan.
Tadqiqotning predmeti Markaziy Qizilqum fosforitlari hamda ularning mikroelementli murakkab o’g’itlarini olish jarayoniga tadbiq etish va ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Dissertatsiyaning maqasadidan kelib chiqib, unda quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Mikroelementli murakkab o’g’itlar olish texnologiyasi uslubiyatini yaratish;

  • Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarish texnologiyasining o’rni va uni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’rganish hamda ularning yechimlari yuzasidan tegishli takliflar, ilmiy xulosalarni shakllantirish;

  • Mikroelementli murakkab o’g’itlar olish bo’yicha O’zbekistonda olib borilgan ishlar va tajribalarni tahlil qilish;

  • Taklif qilinayotgan texnologiyani sinovdan o’tkazish, o’tkazilgan tajribalar tahlilini amalga oshirish;

  • O’g’it ishlab chiqarish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va uning ilg’or jihatlarini tadqiqot ishida qo’llash.

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • Mikroelementli murakkab o’g’itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

  • Mikroelementli murakkab o’g’itlar olish texnologiyasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot va tajribalar tahlili ishlab chiqilgan;

  • Mikroelementli murakkab o’g’itlar olish texnologiyasi uslubiyatlari ishlab chiqilgan;

  • Mikroelementli murakkab o’g’itlar olish texnologiyasi loyihasi ishlab chiqilgan.

Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida ilmiy abstraktsiyalash, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tarkibiy tahlil usullaridan foydalanilgan.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin