Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U o’zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqliqning birinchi sharti qilib qo’yadi. Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. U: «Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin», - degan edi.

Xullas, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy notiqlik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag’ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo’ldi. O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullaning o’ziga xos mavqega ega.
Taniqli siyosatshunos olim Nazrullo Jo’rayev o’zining «Agar ogohsen...» nomli kitobida haqli ravishda yozganidek, «TSivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib, muayyan hududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o’rnashgan.
Sivilizatsiya, jumladan Yunonistonda nafosat, Hindistonda din, Ovrupada moddiy texnika taraqqiyoti, Turonda esa axloq tarzida vujudga kelgan.
Yurtimizda axloq benihoya serqamroq, qiyosi yo’q tushuncha sifatida ardoqlanib kelingan. Ma’nili va bejirim gapira bilish, nutqdagi ma’qul va noma’qul so’zlarni ilg’ay olish, so’zning orqa o’ngini, munosib o’rnini farqlay bilish, nutq odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan». Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining usuli bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar mukammallashib bordi.