Notiqning ta’siri quyidagi omillarga bog’liq.Nutq jarayonida ana shunga rioya etilmasa,maqsat oqibatsiz tugaydi. Nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ta’sirchanligi, jo’yaliligi, boyligi, ifodaviyligi, sod aligi qisqaligini talab etuvchi omillar uning sifatini tashkil etadi.Bularni nutqda to’g’ri qo’llay bilmagan notiq yutqazadi. Nutq paytida notiq bilan tinglovchilar o’rtasida bir-birini tushunishi va yaqinlik ancha jonli bo’lishi lozim. Notiq o’zini tutishi,xarakteri,so’zlashi,fikr yuritishi bilan tinglovchini o’ziga qaratishi lozim. Notiq o’zining so’zi bilan tinglovchini o’ziga jalb qilishi tinglovchida qayta uchrashish ishtiyoqini uyg’otish bilan xayrlashish notiq muvaffaqiyatining garovidir.
Nutq davomida tinglovchilardan ayrimlari tez-tez soatiga qarab qo’ysa,esnab o’tirsa bilingki notiq aybdor. Demak,notiqda fikrlash qobilyati bor,lekin omma e’tiborini tortish iqtidori yo’q. Zero,mashhurlar ko’p,lekin ularning manzur va maqbullari kam.Buyuklar ko’p bo’lgan ,lekin ularning suyuklilari kam.Ko’rinib turibdiki, insonning suyuk bo’lishi ba’zan nutqqa ham chambarchas bog’liq.
Qadimda O’rta Osiyoda notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug’langan. Bu ikki san’atni mukammal egallagan kishilargina yuqori lavozimlarga saylanganlar. Umuman, yetuk shaxs bo’lish uchun, albatta notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yilgan.
Qadimda O’rta Osiyoda notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug’langan. Bu ikki san’atni mukammal egallagan kishilargina yuqori lavozimlarga saylanganlar. Umuman, yetuk shaxs bo’lish uchun, albatta notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yilgan.
Grek notig’i Demosfen va Rim notiqlari Siseron, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilarining hayotlari bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san’atining o’ziga xos maktabini yaratdilar. Bugungi kunda deyarli barcha oliy o’quv yurtlarida nutq madaniyati va notiqlikm san’ati fan sifatida o’qitiladi, biroq davlat va nodavlat radio, televideniye boshlovchilari ayrim muhbir va sharhlovchilar faoliyatida nutqiy nuqsonlar mavjud.