Termiz shahar 17-umumiy o‘rta ta‘lim maktab kimyo fani o’qituvchisi Yorova O‘g‘iloyning “Asoslarning olinishi va xossalari” mavzusidagi dars ishlanmasi
Mavzu: Asoslarning olinishi va xossalari
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib, ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish;
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarda kimyoviy madaniyatni, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularda sinfda, guruhlarda ishlashda bir-biriga ko’mak berish, boshqalar fikrini eshitish, hurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad:Ilmni texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda amaliyotga tatbiq etish . O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Tayanch: Kommunikativ kompetensiya, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish va foydalanish kompetensiyasi, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; Fanga oid:Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish , tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi. Dars tipi: Yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi.
Dars uslubi: Kichik guruhlarda ishlash, yakka tartibda ishlash.
Dars usuli: Interfaol metodlar (“Assesment” usuli, “Savolli quticha” o’yini, “Rebus” o’yini, “Bilimlar hovuzchasi” o’yini, “Tadqiqot” usuli, “Xazina izlab” o’yini, ko’rgazmali-amaliy).