Termiz shahridagi Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati va shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A Karimov loyihasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan ma'naviyat maskanidir.

Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Termiz shahridagi Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi ko'rgazmalari Kirish zali, 9 ta zal va muzey hovlisidagi ayvon ostida I asrdan tortib eramizning III asrlariga mansub ustun asoslari galereyasi turli davrlarga mansub xumlar, sopol quvurlar, Sher bosh qismi tasviri tushirilgan kapitelь va islimiy yozuvdagi marmar qabrtosh va ustunli ayvon (galereya)dan iborat.

Kirish zalining pastki ikki tomonida davrma-davr xumlar, maxsus chiroqlar bilan yoritiladigan vitrinalar ichida esa eksponatlar qo'yilgan.

Zalning o'rtasida Surxondaryo viloyatining topografik relefli arxeologik yodgorliklar xaritasi, to'rida esa Ko'hna Termiz shahri qa'asining maketi qo'yilgan. Shuningdek, kirish zalida akademik Rtveladze E.V. tomonidan yozilgan o'zbek, ingliz, rus tillaridagi viloyat tarixi haqida hikoya qiluvchi stendlar osib qo'yilgan. Ko'hna Termiz shahri qal'asi maketining o'ng va chap tomonida Surxondaryo viloyati hududida joylashgan arxeologik va tarixiy yodgorliklar haqida hikoya qiluvchi 3 xil tildagi ko'rsatuvlar videomonitorlar orqali namoyish etib turiladi va har 15 minutda qaytadan takrorlanadi.