Saralash algoritmi – bu elementlarni saralash uchun qo’llaniladigan algoritm hisoblanadi.
Saralash maqsadi – ma’lumotlarni qayta ishlashda berilgan qiymat (kalit) bo’yicha elementni qidirib topishni yengillashtirishdan iborat
Saralashning barcha algoritmlari ikki guruhga bo’linadi:
- ichki saralash algoritmlari (massivda (ichki xotirada) saralash uchun qo’llaniladi);
- tashqi saralash algoritmlari (faylda (tashqi xotirada) saralash uchun qo’llaniladi).
Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta xajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar ko’p vaqt va katta hajmdagi xotira sarfini talab qiladi.
Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, elementlar o’z joyida qoladi.
Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.
Massivlar odatda tezkor xotirada tashkil etiladi. Bunda asosiy kriteriya sifatida saralash uchun sarflanadigan xotirani minimallashtirish hisobga olinadi. Elementlar o’rnini almashtirish ushbu tezkor xotiraning o’zida amalga oshirilishi kerak.
Massivda saralash usullarini uchta sinfga ajratish mumkin: