Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin:
saralashga ketgan vaqt;
saralash uchun talab qilingan tezkor xotira;
dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt.
Qat’iy saralash usullari
to’g’ridan-to’g’ri qo’yish usuli;
to’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli;
to’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli.
29. Har bir saralash usullari: to’g’ridan to’g’ri qo’yish, to’g’ridan-to’g’ri tanlash va to’g’ridan-to’g’ri almashtirish usullarini tushuntirib bering.
Bu usulda elementlar xayolan oldindan tayyorlangan ketma-ketlik (a1,...,ai-1) va boshlang’ich ketma-ketliklarga ajratib olinadi.
i=2 dan boshlab har bir qadamda i bir birlikka oshadi, boshlang’ich ketma-ketlikda i-element chiqarib tashlanadi va tayyor ketma-ketlikka joylashtiriladi. Bunda u kerakli joyga qo’yiladi.
To’g’ridan-to’g’ri qo’yish usuli algoritmi (C++ tilida)
void sort_insertion (key a[], int n)
{ key x;
int i, j;
for (i=1; i x=a[i];
for (j=i-1; (j>=0)&&(x a[j+1]=a[j];
a[j+1]=x; }
}
30. Sheyker usulida saralash algoritmining asosiy g’oyasi va undan foydalanishag doir misol keltiring.
Sheyker usulida saralash algoritmi
Bu algoritmning asosiy g’oyasi shundaki, bunda saralash “to’lqinsimon” tarzda amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham dastur boshida massivda chapdan o’ngga, keyin o’ngdan chapga o’tish orqali saralaydi. Ya’ni, chapga o’tilganda o’ng tomonga katta sonlarni, o’ngdan o’tganda esa, chap tomonga kichik sonlarni terib chiqadi.
Agar saralash, tashqi xotirada amalga oshirilayotgan bo’lsa, elementning kaliti katta hajmdagi ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lganda, o’rin almashtirishlar soni juda ko’p vaqtni oladi va protsessorga og’ir yuklama tushadi.
Dostları ilə paylaş: |