Auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni nechi nafar auditordan iborat bo‘lishi kerak?
4
5
3
6
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan ulush kamida nechi foizni tashkil etishi kerak ?
51%
50%
49%
52%
Auditorlar nechi yilda malaka oshirish kurslaridan o‘tishi kerak?
1 yilda 1 marta
6 oyda 1 marta
2 yilda 1marta
5 yilda 1 marta
Qaysi kunga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart?
har yili 20-yanvarga
har yili 15-yanvarga
har yili 24-yanvarga
har yili 15-fevralga
Auditorlik tashkilotlari qanday turidagi auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi?
Auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari
Faqat auditorlik tekshiruvlari
Ixtiyoriy va majburiy auditorlik tekshiruvlari
To’g’ri javob berilmagan
Auditorlik tashkilotlari qanday turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin?
hamma javoblar to’g’ri
Moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish
Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish
Buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish
Dostları ilə paylaş: |