150. «As-sahih» to‘plami qaysi muhaddis – vatandoshimiz ijodiga mansub? A Imom Ismoil al-Buxoriy.
B Imom Ismoil al-Nishopuriy.
D Imom ibn Mojj.
E Imom ibn Iso at-Termiziy.
151. Isrof – o‘rinsiz va foydasiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. Isrof natijasida yo‘qchilik, keyin har kimning mol-davlatiga ta’ma va hasad qilish kelib chiqadi. Ushbu pandning muallifi kim? AAbdulla Avloniy.
B Dovoniy.
D Abdurahmon Jomiy.
E Alisher Navoiy.
152. Ushbu satrlar qaysi otinning qalamiga mansub va undan ta’lim jarayonida nima uchun foydalanilgan? “Ul nadurkim, poyi yo‘q, yursa boshi birla yurar, yurganda xok surmay ancha ustolik qilar”. A Anbar otin.
B Jahon otin.
D Dilshod otin.
E Samar otin.
153. Turkiston o‘lkasi chor hukumati tomonidan bosib olinganidan so‘ng yerli aholini savodxon qilishdan asosiy maqsad nima? A Umumiy savodxonlikka erishish.
B Yerli aholini ruslashtirish.
D Yerli aholi uchun milliy maktablar tashkil etish.
E Yangi usul maktabi.
154. Ulug‘bekning buyrug‘i bilan qaysi shaharlarda madrasalar barpo etilgan? A Samarqandda va Shahrisabzda.
B Samarqand va Qarshida.
D Samarqand va G‘ijduvonda.
E Samarqand va Buxoroda.
155. Pedagogika tarixi qanday fan? A Pedagogika tarixi fani ijtimoiy fan.
B Pedagogika tarixi metodikasi voqea va hodisalarni o‘rgatadigan fan.
D Pedagogika tarixi maktab tizimi va g‘oyalarini o‘rganadigan fan.
E Pedagogikaga oid bilimlarni o‘rganadigan fan.
156. Pedagogika tarixi bo‘limining asosiy manbalari qaysilar? A Xalq og‘zaki ijodi, pedagogik qadriyatlar, tarixiy manbalar, ta’lim tarbiyaga doir asarlar, davlat qonun va qarorlari.
B Davlat hujjatlari, tarixiy g‘oyalar, pedagogik meros.
D Milliy meros va umumiy qadriyatlar.
E Buyuk pedagoglar asarlari, xalq pedagogik adabiyotlari.