|
Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang
|
səhifə | 5/17 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 39,18 Kb. | | #208710 |
| Test savollari 1-variant Falsafa nimadan bahs yuritadi -fayllar.org
27. Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang.
A. Hukm, xulosa, tushuncha.
B. Tushuncha, xulosa, hukm.
V. Muhokama, ijodiyot, nazariya.
G. Tushuncha, hukm, xulosa
28. “Haqiqat”ning turlarini aniqlang.
A. Diniy va mifologik.
B. Ilmiy va amaliy.
V. Obyektiv va subyektiv.
G. Absolyut (mutloq) va nisbiy.
29. Ilmiy bilishning nazariy darajasi usullarini toping.
A. Matematik, aksiomatik, sistemalilik, ideallashtirish, o’lchash.
B. Kibernetik, biologik, lingivistik, tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, taqqoslash.
V. Modellashtirish, taqqoslash.
G. Analiz va sintez; induktsiya va deduktsiya; analogiya; modellashtirish; tarixiylik va mantiqiylik.
30. “Fan”ning tarifini toping.
A. Ma’naviy ishlab chiqarish shakli.
B. Ijtimoiy ong shakllaridan biri, inson bilimining asosiy ko’rsatqichi va natijasi.
V. Tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar tizimi.
G. Ijtimoiy mexnat taqsimotining zaruriy va qonuniy natijasidir.
31. “Ekologiya” nima?
A. Atrof-muhitning ifloslanishining oldini olish haqidagi fan.
B. Insonning tabiatga ta’sirining salbiy oqibatlarini o’rganuvchi fan.
V. Tabiatni texnik taraqqiyotning salbiy oqibatlaridan saqlash haqidagi fan.
G. Organizm bilan tabiiy muxitning aloqasini o’rganuvchi va tabiatni muhofaza qilish haqidagi fan.
32 . “Hayot” deganda Siz nimani tushunasiz?
A. Oddiy umrguzaronlikni.
B. Yerdagina uchrovchi muayyan bir hodisani.
V. Hayvonot va odamzodning fiziologik mavjudligini.
G. Organizmning tashqi muhit bilan modda almashinuvini.
Dostları ilə paylaş: |
|
|