Test savollari 1-variant Falsafa nimadan bahs yuritadi?


“Dialektika”ni Siz qanday tushunasiz?



Yüklə 39,18 Kb.
səhifə4/17
tarix07.01.2024
ölçüsü39,18 Kb.
#208710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Test savollari 1-variant Falsafa nimadan bahs yuritadi -fayllar.org

21. “Dialektika”ni Siz qanday tushunasiz?

A. Munozara va tortishuv asosida ma’lum bir fikrga kelishni.

B. Falsafiy qonunlar yig’indisini.

V. O’zgarish va rivojlanishni.

G. Umumiy aloqadorlik, o’zgarish va rivojlanish haqidagi ta’limotni.

22. “Qonun” nima?

A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir.

B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini aniqlashga xizmat qiladi.

V. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari.

G. Narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va barqaror ichki bog’lanishlari.

23. “Sifat” tushunchasi nima?

A. Barcha voqea - hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi.

B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha.

V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi.

G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi.

24 «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz?

A. Narsalarning yaroqsiz tomonlarini uloqtirish.

B. Tashqi ta’sir natijasida narsani umuman yo’q qilib yuborish.

V. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi.

G. Narsa va hodisaning ichki rivojlanish zarurati natijasi, vorisiylikka asoslangan sifat o’zgarishi.

25. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping.

A. Ontologiya.

B. Logika.

V. Teleologiya.

G. Gnoseologiya.

26. “Amaliyot” (“praktika”) tushunchasini ta’riflang.

A. Tabiiy va ijtimoiy borliqni qayta o’zgartirishdagi moddiy- hissiy faoliyat.

B. Kishining bilish faoliyati.

V. Texnikaviy imkoniyatlardan yuzaga keluvchi ilmiy bilimlar.

G. Kishining maqsadga muvofiq faoliyati.


Yüklə 39,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin