Test topshiriqlari


-§. O’ZGARUVCHANL UMUMIY QONUNIYATLARI



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə8/23
tarix05.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#78520
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
10 sinf mavzulari test hammasi

23-§. O’ZGARUVCHANL UMUMIY QONUNIYATLARI

1. Ontogenez jarayonida genlarning differensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga


bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik. Ushbu ta’rif qaysi o’zgaruvchanlikning tarifi?
A) modifikatsion B) kombinativ
C) mutatsion D) ontogenetic
2. Qaysi o’zgaruvchanlik turi – meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifiy ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona
gametalarining tasodifiy kombinatsiylashuvi natijasidir?
A) modifikatsion B) kombinativ
C) mutatsion D) ontogenetic
3. Mutatsion o ‘zgaravckanlik:
a) Genetik materiaIning o’zgarishiga ko’ra
b) Ro‘y beradigan joyiga ko'ra
c) Namoyon bo'lish xarakteriga ko'ra
d) Paydo bo’lishiga ko’ra
f) Natijasiga k o ‘ra
turlarini mos ravishda aniqlang?

  1. Gen mutatsiyalari

  2. Genom mutatsiyalari

  3. Somatic mutatsiyalari

  4. Dominant mutatsiyalari

  5. Generative mutatsiyalari

  6. Yarim letal mutatsiyalari

  7. Foydali mutatsiyalar

  8. Xromosoma mutatsiyalari

  9. Retsessiv mutatsiyalari

  10. Letal mutatsiyalari

  11. Spontan mutatsiyalari

  12. Neytral mutatsiyalari

  13. Sun’iy mutatsiyalari

A) a-1,2,3; b-3,4,5; c- 6,7 ; d-8,9; f-10,11,12,13
B) a-1,2,8; b-3,5; c- 4,9 ; d-11,13; f-10,7,6,12
C) a-1,2,3; b-3,5; c- 6,7 ; d-4,9; f-10,11,12
D) a-1,2,8; b-3,11,5; c- 6,7 ; d-8,9; f-10, 12,13
4. «Mutatsiya» atamasini fanga birinchi bo‘lib kim olib kirgan?
A) G. De-Friz B) Morgan
C) G. R. Trevinarus D) Mendel va Morgan
5. Javoblar orasidan noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) mutatsiyalar individual xarakterga ega, ya’ni populatsiyaning ayrim individlarida sodir bo‘ladi;
B) mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir;
C) mutatsiyalar natijasida miqdor jihatidan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
D) mutatsiyalar har xil ko‘rinishlarda bo‘lib, foydali va zararli, neytral bo‘lishi mumkin;
6. Bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi yoki bir pirimidin azotli asosining ikkinchi pirimidin azotli asosi bilan almashishiga ……….. deyiladi.
A) TRITSIYA B) transversiya
C) tranzitsiya D) inversiya
7. Purin asosining pirimidin asosi bilan aksincha, pirimidin asosining purin bilan almashishi …………. deb nomlanadi.
A) TRITSIYA B) transversiya
C) tranzitsiya D) inversiya
8. Javoblar orasidan dominant bo’lmagan mutatsiaylarni aniqlang.
1. polidaktiliya 2. braxidaktiliya
3. katarakta 4. tug‘ma karlik,
5. daltonizm, 6. albinizm
7. Gemofiliya.
A) 1.3.5 B) 2,4,6
C) 3,5,7 C) 4,6,7
9. Qaysi mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi sabab
aniq emas, ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan mutatsiyalardir.
A) Letal mutatsiyalari
B)Spontan mutatsiyalari
C)Neytral mutatsiyalari
D)Sun’iy mutatsiyalari
10. Mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi mutagenlar necha guruhga ajratilgan?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 4
11. Embrional yoki postembrional rivojlanishning dastlabki bosqichlaridayoq o‘limga olib keladigan mutatsiyalar ………. ; Organizmlarning yashash faoliyatini susaytiruvchi mutatsiyalar …….. mutatsiyalar deyiladi.
A) yarim letal; letal B) letal; yarim letal
C) spontan; neytral D) neytral; spontan
12. Moslikni toping.
1. Deletsiya – 2. duplikatsiya -
3. inversiya - 4. translokatsiya -

  1. xromosoma o‘rta qismining yo‘qolishi;

  2. nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashishi

  3. xromosoma ayrim qismining o‘z o‘rnini 180° ga o‘zgarishi;

  4. xromosomalar ayrim qismlarining ikki marotaba ortishi;

A) a-1; b-3; c-4; d-2;
B) a-1; b-2; c-4; d-3;
C) a-1; b-4; c-3; d-2;
D) a-2; b-3; c-4; d-1;
13. Poliploideya necha xil bo’ladi?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 4
14. Avtopoliploidlar necha xil bo’ladi?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 4
15. Allopoliploidlarga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang.
A) bir turga mansub organizm xromosomalarining karrali ortishi.
B) har xil turga mansub organizm xromosomalarining
birlashishidan hosil bo‘ladi.

C) xromosomasi diploid bo‘lgan organizmlarga qaraganda poya, barg, gul, meva urug‘lari yirik bo‘ladi.
D) xromosomlar gaploid to‘plamining
karrali ortishi.
16. Hozirda biology olimlar qanday moddalarni o’simliklarga ta’sir ettirib poliploid formalar yetishtirmoqda?
A) kreatinin B) kolxitsin
C) toksin D) arginine
17. XX asrning 20-yillarida G. D. Karpechenko qaysi organizmlarni chatishtirib duragay olgan?
A) zea mays va brassia oleraceae
B) brassia oleraceae va xerbatsium
C) Raphanus sativus va brassia oleraceae
D) pisum sativum va zea mays
18. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etgan olim kim?
A) G. De-Friz B) Morgan
C) G. R. Trevinarus D) N. I. Vavilov
19. Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar ………… o ‘zgaruvchanlik deb ataladi.
A) modifikatsion B) kombinativ
C) mutatsion D) ontogenetic



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin