Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati turlari boʻyicha pul oqimlari quyidagicha farqlanadi: asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatlar boʻyicha pul oqimlari;
musbat va manfiy pul oqimlari;
ijobiy va salbiy pul oqimlari;
mahalliy va xorjiy pul oqimlari.
Korxonaning moliyaviy jihatdan barqaror oʻsishiga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish prinsiplari va metodlari tizimi nima deb ataladi? pul oqimlarini boshqarish;
moliyaviy resurslarni boshqarish;
moliyaviy menejment;
investitsiyalarni boshqarish.
Pul oqimlarini boshqarishning bosh maqsadi keltirilgan javobni belgilang. korxonadagi doimiy moliyaviy muvozanatni ta’minlash;
aktiv va passivlarning oʻzaro tengligini ta’minlash;
investitsiyalar daromadliligini oʻz vaqtida va aniq baholash;
kapital harakatini maqsadli tashkil etish.
Korxonani rivojlantirishning umumiy vazifalarida belgilangan investitsion faoliyatning uzoq muddatli maqsadlari va investitsion yondashuvlari tizimi, shuningdek qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yuqori darajada samarali yoʻllarini tanlash nimani anglatadi? investitsion strategiyani;
raqobat strategiyasini;
innovatsion strategiyani;
antimonopol strategiyani.
Korxonaning investitsion faoliyat yoʻnalishlari va shakllarini, korxona investitsion resurslarini shakllantirish yoʻllarini, investitsion maqsadlarni amalga oshirish bosqichlarini oʻzida aks ettiruvchi strategiyasi qanday strategiya hisoblanadi? investitsion strategiya;