LANSETNIK VA BALIQLAR. VARIANT-1
1. Lansetnikning nafas olish azosi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
A) traxeya B) to‘g‘ri javob berilmagan
C) jabralar D) teri burmalari
2. Lansetnikning nerv sistemasi nimadan iborat.
A) xorda ustida joylashgan, tana bo‘ylab ketgan nerv nayi
B) xorda ostida joylashgan, tana bo‘ylab ketgan nerv nayi
C) xordaning ostida va ustki qizmida joylashgan nerv nayidan
D) bosh va orqa miyadan
3. Lansetnikning orqa tomonidan o‘tgan pishiq o‘q nimani hosil qiladi?
A) nerv nayi B) tashqi skelet
C) xorda D) teri burmalari
4. Lansetnikning qaysi belgilari halqali chuvalchanglar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi?
a) ayirish sistemasining tuzilishi; b) qon aylanish sistemasining tuzilishi; c) bosh miyasi va yuragining bo‘lmasligi; d) muskullarining bo‘g‘im bo‘lib joylashganligi; e) nerv nayining bo‘lishi; f) xordasining bo‘lishi
A) a, b, c, d, e, f B) a, b, d, e
C) a, b, c D) b, c, e, f
5. Lansеtnikning ayirish organi qaysi hayvonlarnikiga o‘xshash va qaеrga ochiladi?
A) hasharotlar, ichak bo‘shlig‘iga
B) halqali chuvalchanglar, o‘pka oldi bo‘shlig‘iga
C) moyllyuskalar, yurak oldi bo‘lmachasiga
D) halqali chuvalchanglar, jabra oldi bo‘shlig‘iga
6. Lansetnik tanasining qaysi qismi teri burmalari bilan qoplangan?
1) dum suzgichi 2) og‘iz oldi varonkasi 3) anal teshigi 4) jabra teshiklari
A) 1 B) 1,2 C) 1,4 D) 3
7. Lansetnikda gaz almashinuvi qayerda sodir bo‘ladi?
A) teri kapillarlarida
B) jabra ravoqlaridagi kapillarlarida
C) o‘pkada
D) jabra teshiklaridagi kapillarlarida
8. Lansetnikda jabralarga qum kirishiga yo‘l qo‘ymaslikni nima ta‘minlaydi?
A) jabra qopqog‘i B) jabra yaprog‘i
C) teri burmalari D) jabra qilchalari
9. Lansetnikda qaysi a'zolar bo‘lmaydi? 1) jigar; 2) bosh miya; 3) halqum; 4) eshitish; 5) ko‘rish; 6) ichak.
A) 2,4,5 B) 3,4,5 C) 1,3,5 D) 2, 3, 4,
10. Lansetnikka o‘xshash tuban xordalilar … kelib chiqqan.
A) eng qadimgi tuban halqali chuvalchanglardan B) kiprikli chuvalchanglardan
C) molluskalardan D) bo‘g‘imoyoqlilardan
11. Lansetniklar tuzilishining qaysi xususiyatlari bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi?
A) ayirish sistemasi va muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miyaning bo‘lmasligi
B) xordaning bo‘lishi, yuragi va bosh miyaning bo‘lrnasligi
C) nerv sistemasining naysimon tuzilishi, ayirish sistemasi va muskullarning tuzilishi
D) xordaning bo‘lishi, nerv sistemasining naysimon bo‘lib, tananing orqa tomonida joylashganligi
12. O‘q skеlеti xorda bo‘lib. butun hayoti davomida saqlanib qoladigan baliqning belgilang.
A) stеrlyad B) oq sla C) laqqa D) sеld
13. O‘q skeleti suyaklangan organizmlarni ko‘rsating?
1) qilquyruq 2) oqcha 3) laqqa 4) oq amur 5) beluga 6)sterlyad
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,5,6 D) 1,4,5
14. O‘q skeleti suyaklanmagan organizmlarni ko‘rsating?
1) qilquyruq 2) oqcha
3) laqqa 4) oq amur 5) beluga 6)sterlyad
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,5,6 D) 1,4,5
15. Ko‘payish davrida dengizdan daryoga va daryodan dengizlarga o‘tmaydigan baliqlarni ko‘rsating? 1) keta 2) tikanbaliq 3) zog‘ora baliq 4) gorbusha 5) ugor
A) 1,2,4 B) 1,4,5 C) 2,3 D) 3,5
16. Daryo (a) va dengiz (b) suvlarida tarqalgan baliqlarni juftlab ko‘rsating?
1) tikanbaliq 2) zog‘ora baliq 3) elektr skat 4) ugor 5) gulmoy 6) qilquyruq 7) losos 8) keta 9) gorbusha 10) manta
A) a-1,2,4,5 b-3,7,8,9,10
B) a-2,3,4,5,6 b-1,7,8,9,10
C) a-1,3,4,5,6 b-2,7,8,9,10
D) a-3,4,5,6,7 b-1,2,8,9,10
17. Oqcha baliq baliqlarning qaysi turkumiga mansub?
A) suyak-tog‘ayli B) panjaqanotli C) losossimonlar D) karpsimonlar
18. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryoda uchraydigan baliqlarni ko‘rsating?
1) mo‘ylov baliq 2) gulmoy 3) qora baliq 4)moybaliq 5) oqcha baliq 6) tikanbaliq
A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 2,3,6 D) 1,2,4
19. Boshining oldingi tomoni uzun tumshuq hosil qilgan baliqlarni belgilang.
A) sterlyad, laqqaB) losos, gorbusha
C) bakra, soxtakurakburun
D) Amudaryoqilquyrug‘i, oqcha
20. Bir necha million tuxum qo‘yadigan baliq?
A) zog‘ora B) tikanli baliq
C) treskaD) tilapiya
21. Belugaqaysiturkumgamansub?
A) suyak-tog‘aylibaliqlarB) losossimonlarC) skatlarD) olabug‘asimonlar
22. Beluganing oshqozon osti bezi qanday vazifa bajaradi?
A) o‘t suyuqligini ishlab chiqaradi
B)oziq qoldiqlarini to‘playdi
C)hazm shirasini ishlab chiqaradi
D) baliqlarda bu bez rivojlanmagan
23. Akula qaysi tipga mansub?
A) umurtqalilar B) xordalilar C) baliqlarD) bochskeletsizlar
24. Bakra baliqlar turkumining vakilli?
A) sudak (oq sla); B) qora baliq; C) oqcha baliq; D) beluga.
25. Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo‘ng‘izining (3) ta‘m bilish hujayralari qayerda joylashgan?
a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda; b) og‘iz bo‘shlig‘ida; c) paypaslagichlarida; d) halqumda; e) tana yuzasida; f) mo‘ylovida; j) yostiqchasimon xartumchada
A) 1b,d,e; 2a; 3c B)1b,d,e; 2a,c; 3f
C) 1b,d; 2e,f; 3c D) 1b,d,v; 2c,j; 3a,f
26. Baliq qon aylanish sistemasining qaysi qismida faqat venoz qon bo‘ladi?
1) orqa aorta; 2) qorin aorta; 3) yurak qorinchasi; 4) yurak bo‘lmasi
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4
27. Baliq yog‘i (1), jigar (2), tuxum sarig‘i (3) da qaysi vitaminlar uchraydi?
a) B1 b) C c) D d) A
A) 1-a,d; 2-b,d; 3-c,d B) 1-c,d; 2-b,d; 3-b,d C) 1-c,d; 2-a,d; 3-c,d D) 1-a,d; 2-a,d; 3-c,d
28. Baliqchilik sanoatiga zarar yetkazuvchi organizmlarni ko‘rsating?
1) dengiz likopchasi 2) suv shillig‘I 3) dreysena 4) tridakna 5) manta 6) kit akulasi
7) qilquyruq 8) baqa lichinkasi
A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6
C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,4,5,6,7,8
29. Baliqlaning jabralari … (1) qismlardan iborat bo‘lib, gazlar almashinuvi … (2) qismida sodir bo‘ladi.
a) Jabra ravoqlari; b) janra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar
A) 1-a, b, c, d; 2-e B) 1-a, d, e; 2-e, f
C) 1-a, b, c, d 2-a, f D) 1-a, b, d; 2-c, f
30. Baliqlar bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardagi o‘xshashlik belgilarini toping
A) qon aylanish B) nafas olish C) ko‘payish, rivojlanish D) nerv sistemasi, qon aylanish
31. Baliqlar keltirilgan javobni aniqlang?
A) delfin, skat B) pingvin, oqcha
C) cho‘rtan, skat D) kit, akula
32. Baliqlar qon aylanish sistemasining tarkibiy qismlarini ko‘rsating.
1) 2 kamerali yurak; 2) 3 kamerali yurak; 3) 2 ta qon aylanish doirasi; 4) 1 ta qon aylanish doirasi; 5) kapillyarlar; 6) venalar; 7) arteriyalar
A) 2, 3, 5, 6, 7 B) 1, 4, 5, 6, 7
C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 4, 6, 7
33. Baliqlar turi bilan ularning nasliga g‘amxo‘rlik qilish instinktini juftlab bering.
1. tilyapiya; 2. tikan baliq; 3. Amerika som balig‘i; 4. dengiz otchasi; 5. treska .
a) erkagi uya yasaydi; b) erkagi tuxumlarni qorniga yopishtirib oladi; c) g‘amxo‘rlik qilmaydi; d) erkagi tuxumlarni xaltasida olib yuradi; e) erkagi tuxumlarini og‘zida olib yuradi.
A) le, 2a, 3c, 4d, 5b B) le,2a,b,4d,5c
C) 1d,2b,3c,4e,5a D) lc,2d,3b,4a, 5e
34. Asosiy ovlanadigan baliqlarni ko‘rsating?
1) zog‘ora 2) oq amur 3) soxta kurakburun 4) oqcha 5) xumbosh 6) oq sla 7) ilonbosh
A) 1,2,4,5,6 B) 2,3,4,5,6,7
C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,2,4,5,6,7
35. Oq amur (1) va bukri baliqning(2) suzgichlari soni
A)a-7; b-7 B)a-8; b-8 C)a-7; b-8 D)a-8; b-7
36. Aureliya, ildizog‘iz meduzasi va lansetnik uchun umumiy bo‘lgan belgilar
1. og‘zi atrofida paypaslagichlar joylashgan 2. nerv sistemasi rivojlangan 3. Qora dengizda tarqalgan 4. tanasi hujayralari ikki qavat bo‘lib joylashgan 5. otiluvchi tolasi (ipi) kuydirish xususiyatiga ega 6. reaktiv harakat xos 7. refleks hosil qilishi
A)2,4,5 B)1,2,7,6 C)1,2,7 D)1,3,7
Dostları ilə paylaş: |