Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha
xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash,
uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.O’qitishdagi informatsion va
telekommunikatsion texnologiyalar - bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul
va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish.
Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur
ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan bo’ladi.O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti
vazifasiga qarab quidagicha tavsiflanadi:
o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar
asosida avtomatik o’qitish tizimlari;
mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar;
laboratoriya mashg`ulotlari;
trenajyorlar;
ma’lumotnoma tizimlar;
kompyuterli o’yinlar.
Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi.Mustaqillik -
davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo
oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning
prinsiplaridan biridir.Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va
o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlantirgan:
materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy
masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-
malari sifatini o’zi tekshirishiga imkon beradi;
tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini singdiradi;
o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi.
Fanga yo’naltirilgan muhit o’quv dasturlari paketidan iborat bo’lib, ma’lum klass ob’ektlari bilan ish ko’rishga, ular o’rtasidagi
munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning
xossalarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradi.Talaba muhit ob’ektlari bilan ish ko’rganda topshirilgan didaktik masalaga
erishish, yoki mustaqil tadqiqotlarni bajarishni maqsad qilib qo’yadi
Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun mo’ljallangan.Ular o’quvchiga: javobni umum qabul qilingan
shaklga maksimal yaqin-lashtirilgan hollda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, yig`ish, raspechatka olish (qog`ozga ko’chirish)
va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini
berishi lozim.Ma’lumotnoma tizimlari – bu ma’lumotnomaga o’xshagan turli o’quv axborotlarini saqlash va o’quvchiga ko’rsatish
uchun mo’ljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda o’quv materiali iyerarxik tartibda joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab
tez izlab topish mumkin bo’ladi. Ular kontekst ma’lumotni olish, saqlash va nusha chiqarishni ta’minlaydi.
Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi – talabalarning faol bilish, bilim orttirish jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir.
Bu texnologiya o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga
moslashtirish imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual o’qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi,
bundan tashqari, muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi. sifatida qarab, unga o’qitishning boshqa an’anaviy
vositalari qo’shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning salmog`i o’zgarishi mumkin.
Bularning barchasi kompyuterli va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga va mazkur mavzuni
o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik maqsadlarga bog`liq.Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt
yo’nalishda foydalanilmoqda:
o’rganish ob’ekti sifatida;
o’qitishning texnik vositalari sifatida;
ta’limni boshqarishda;
ilmiy-pedagogik izlanishda.
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan
topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi
natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish
va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar
bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv
faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter orasidagi
munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv
materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni
tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli
vositalar asosida modellashtiriladi.Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki,
unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida
boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga
ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:
- o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
- o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;
- kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi;
- kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;
- ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;
- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
- ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;
- ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;
- o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.Kompyuterli ta’lim
tamoyillari:-ilmiylik
-tizimlilik va ketma-ketlik-ko’rgazmalilik-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish.
-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi
-tushunarlilik
-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash
-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi
-bilish faoliyatini faollashtirish
-izlanishga o’rgatish
Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar
ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-
metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim
jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining
sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z
ifodasini topadi.Matematika fanlarini o’qitishga
yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va
boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib
kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb
masalalardan biridir.Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l
ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga
kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid
matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi
ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari
qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat.
Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin.
Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil
bo’ladilar.Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional
matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning
90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida
turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni
yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va
boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika
fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish
jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan
foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi
dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan
dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin
bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik
rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv
jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar.Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik
muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til
va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan
matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik
hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish
mumkin.Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi,
telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari
yordamida osongina hal qilinmoqda.Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit
tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM
larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar,
shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik
bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan
foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Haqiqatdan o’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa
maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil
etishi mumkin.Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani
anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi.Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada.
Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash
ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi.Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida
masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.Exceldagi
avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu
imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan
hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar
funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari
mumkin.Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar
ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z
navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi.Ma’lumotlarni
diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan,
diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda
foydalidir.Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi . Guruhda yo’qlama qilinib,
mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar
beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash
va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan
topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning
faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik
maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va chuqurlashtirish
maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish
mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol
yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar,
Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali
qurollar yordamida namoyish etib boriladi.Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida
ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni bajaradilar hamda
yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir talabani
baholaydi.Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari
sifatida topshiriqlar beriladi
|