Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi mavzu: O’quvchilar texnik-ijodkorligi mazmunini asosiy yo'nalishlarini rivojlantirish


Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri



Yüklə 128,84 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü128,84 Kb.
#209418
1   2   3   4   5   6
O’quvchilar texnik-ijodkorligi mazmunini asosiy yo\'nalishlarini rivojlantirish

1.2. Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri.
Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovasion xarakteri. “Kashfiyot”, “ixtiro” tushunchalari innovasiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlikning asosi sifatida ushbu tushunchalar qatori uchun muhim bo‘lgan “yangi” va “ijod” tushunchalari chiqadi. Ushbu tushunchalar bilan birga qayd etiladigan barcha hodisalar u yoki bu darajada ijod mahsuli hisoblanadi. Zero, ular kreativ jarayonda yaratiladi, shakllanadi hamda ularning ajralmas tavsifi yangilik sanaladi.
Tabiiy ravishda, kashfiyot, ixtiro, innovasiya bir turdagi hodisalardir.
Biroq ularning birinchisida individual-shaxsiy jihat, oxirgisida esa ijtimoiy-madaniy jihat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. K.Fayndley va CH.Lamsdenlar kashfiyot va innovasiyaning tabiati haqida so‘z yuritib, shunday yozadilar: “Biz avval boshdan kashfiyot mezonlariga cheklovlar qo‘ymaymiz. Biroq u yangilik talablariga javob berishi va tanlovning sosiomadaniy o‘lchoviga muvofiq bo‘lishi zarur”.
Bundan tashqari, ushbu mutaxassislar fikrlarida davom etgan holda: “Innovasiya – jamiyat tomonidan muayyan darajada tan olingan har qanday kashfiyotdir. Kashfiyotni innovasiya sifatida baholash uchun, uni translyasiya qilish imkoni mavjud bo‘lishi zarur”, - deb yozadilar. SHunday qilib, kashfiyot-innovasiya juftligida kashfiyot individual-shaxsiy darajada mutloqlikka yaqin bo‘lgan yuqori yangilik bosqichida amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli sifatida, innovasiya esa, sosiomadaniy darajada mutlaqlikka yaqin bo‘lmasa-da, muayyan yangilik bilan amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli tarzida namoyon bo‘ladi.
Ushbu hodisalar o‘zaro aloqador va o‘zaro ta’sirda bo‘lsa-da, har qanday kashfiyot ham innovasiya bo‘la olmaydi. E.N.Knyazevaning ta’kidlashicha, ko‘p hollarda kashfiyot o‘zi uchun yangilik sifatida qoladi yoki cheklangan translyasiya doirasiga ega bo‘ladi va kelgusi izlanishlar uchun zarur bo‘lgan lokal muhitnigina o‘zgartiradi. Biroq har qanday innovasiya ham yangi kashfiyot bo‘lavermaydi. Masalan, avval mavjud narsa, hodisalarning takomillashgan modifikasiyasini yaratish bunga misoldir. I.T.Balabanov kashfiyot va innovasiyani qiyosiy tahlil qilgan holda, ularning o‘zaro farqlarini quyidagicha tavsiflaydi:
– “Kashfiyot, shuningdek, ixtiro ham qoida tariqasida fundamental darajada amalga oshiriladi. Innovasiya esa, texnologik (amaliy) tartibda yaratiladi.
– Kashfiyot yakka ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin. Innovasiya esa, jamoa (laboratoriyalar, institut bo‘limlari) tomonidan ishlab chiqiladi va innovasion loyiha sifatida amaliyotga joriy etiladi.
– Kashfiyotdan foyda olish maqsadi ko‘zlanmaydi. Innovasiya esa, doimo sezilarli darajadagi foyda olish, xususan, katta pul mablag‘lariga ega bo‘lish, texnika va texnologiyaga qandaydir yangilikni joriy etgan holda mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tan narxini pasaytirishga yo‘nalgan bo‘ladi.
– Kashfiyot tasodifan sodir bo‘lishi mumkin, innovasiya esa, doimo izlanish natijasi bo‘lib, uni qo‘qqisdan ishlab chiqib bo‘lmaydi. Innovasiya aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslarni taqozo etadi”.
Ixtiro, kashfiyot va innovasiya o‘rtasidagi o‘ziga xos “oraliq” holatidir. Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ma’lum bo‘lmagan hodisalarni aniqlash, innovasiya bozor talablariga muvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik mahsulotlarini ifoda etadi.
Mazkur tushuncha “kashfiyot” tushunchasi bilan o‘zaro munosabatda amaliy xarakter, “innovasiya” tushunchasi bilan esa, aksincha, ilmiy-tadqiqot xarakteriga ega bo‘ladi. G. A. Krayuxin va L. F. SHaybakovalar bu borada shunday yozadilar: “ kashfiyot tushunchasi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy bog‘liq, innovasiya tushunchasi esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalda qo‘llash bosqichida paydo bo‘ladi. Bu esa maxsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi”67.
Ilmiy-ijodiy faoliyatning samarali mahsuli kashfiyotdir. Ilmiy izlanish jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum bo‘lgan ob’ektiv qonuniyat, xossa va hodisalarni ochishga kashfiyot deyiladi. SHuning uchun ham A.T.SHumilin “Ilmiy ijod bu kashfiyot va ixtiro qilishdan iborat murakkab jarayondir”68,-deb yozadi. Darhaqiqat, kashfiyot deganda borliqdagi haligacha noma’lum bo‘lgan narsani sub’ekt tomonidan bilishga aytiladi. Ayni shu ma’noda, ijodiy izlanish jarayonida muayyan kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi ilmiy kashfiyotdir. Mazkur ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishini o‘rganuvchi soha evristika deb ataladi. Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy faoliyat asosida tadqiqotchi muayyan kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi.
Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyon bo‘lish shaklidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, kashfiyot o‘z ob’ektlari uch xil shaklda namoyon bo‘ladi. Bularning birinchisi qurilma bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Ikkinchisi esa usul bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga texnologik jarayonlar, vositalar, echimlar va parametrlar taalluqlidir. Uchinchisi esa ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar kiradi.
lmiy tadqiqot faoliyatida “yaratish”, “kashfiyot” va “ixtiro” kabilar muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda yaratish ijodiy sub’ekt tomonidan ijod natijasini vujudga keltirishni anglatadi. Ixtiro – sub’ekt tomonidan narsa, hodisa, jarayonlarning ob’ektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdir. Nazariya yaratish uchun tajriba asosida qo‘lga kiritilgan dalilarni shunchaki jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur bo‘ladi. Aksariyat ixtirolar sanoat ishlab chiqarishi yoki kundalik maishiy turmush talablaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. Ayni shu ma’noda odamlar ehtiyojini qanoatlantirishning imkon qadar tejamkor yo‘llarini topgan insonni ixtirochi deb atash mumkin. Kashfiyot esa-kashfiyotchidan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan narsa, hodisaning sub’ekt tomonidan anglab etilishidir.
Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o‘zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish demakdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida bepirikib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak bo‘ladi. Kashfiyotni ochish berilgan ob’ektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi.
Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik yechimlari, ijobiy effektlari tuzilishini yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtironing obyektiv bo‘lishi mumkin: yangi qurilma, yangi uslub, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski uslub qurilmalrini qo‘llash va boshqalar.
Ixtiro-butun jahon ahamiyatiga ega bo‘lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda va yer yuzida ham ochilmagan bo‘lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida xujjat beriladi.

Yüklə 128,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin