Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi mavzu: Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarni tayyorlash,texnalogik xarita yaratish



Yüklə 107,01 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü107,01 Kb.
#208481
1   2   3   4   5   6   7
Ahmadjonova Mahmuda ayollar yubkasi asos chizmasi

Kurs ishining maqsadi:­­ Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish , maketlarini tayyorlash ,texnologik xarita yaratish’’ mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o’qitishning ilmiy­-uslibiy asoslarini ishlab chiqish va amalyotda sinab ko’rish
Kurs ishining vazifalari: Ayollar yubkasini modellashtirish va konstruksiyalash;
Texnologiya fanida o’quchchilarga ‘’Ayollar yubkasi asos chizmasini modellashtirish va konstruksiyalash ,maketini tayyorlash ‘’mazvusini o’qitish metodikasini ishlash.
Ayollar yubkasi asos chizmasini chizish maketini yasash va tikish texnikasini tadbiq qilish.
Kurs ishining obyekti: Bajarayotgan tadqiqot ishlarini bevosita maktablarga kasb-hunar maktablariga ,kasb-hunar kollejlariga o’quv jaroyonida mustaqil o’rganish uchun zarur qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining predmeti: ‘’Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish , maketlarini tayyorlash ,texnologik xarita yaratish’’ amaliy mashg’ulot mavzusi pedagogic texnologiyalardan foydalanilganligi
Ayollar yubkasini chizib loyihalash uchun ushbu mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlanganligi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.


I BOB. Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash bo’yicha nazariy ko’nikmalar.
1.1. Ayollar yubkasini konstruksiyalash va murakkab modellashtirishnni o’qitish metodikasi.
Yubkalarni tikish ishlari tartibi ularning bichilishi bog’liq bo’ladi. To’g’ri bichimli yubkani tikishni vitachkalarga ishlov berishdan boshlanadi. Vitachkalar belgilangan chiziqlar bo’yicha yuqori qirqim pastka qarab tikiladi, choki asta-sekin, tekis yo’q qilib yuboriladi. Modelda mo’ljallanganiga muvofiq vitachkalar yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Bir tomonga yotqizib dazmollanadigan vitachkalar detalning o’rta chizig’iga qaratib yotqizilishi kerak. Yubkaning detallari biriktirib tikiladi, choklar maxsus mashinada yo’rmaladi, modelga muvofiq yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
Yubka taqilmasini tikish Yubka taqilmasi chokda yoki taxlamada bo’ladi. chokdagi "molniya" tasmali taqilmani tikishning bir necha usullari bor. Taqilmaning ikkala tomonini bir xil qilib tikish uchun , yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollangandan keyin, "molniya" tasmaningg o’ngi yubkaning teskarisiga qaratilib, dazmollangan taqilma chetlari ustiga qo’yiladi. Avval ko’klab biriktirib olinadi, so’ngra taqilma bukilgan ziylaridan 0,5 sm tashlab bostirib tikiladi.
Yubka taqilmasiga ishlov berish
To`g`ri yubka va uning variantlari ixcham bo`ksali ayollar figurasini kеlishgan qilib ko`rsatadi. Uning etak qismi bo`ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kеngroqdir. Etagi kеngaytirilgan yubka bеli xipcham (ingichka bеlli) va bo`ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kеngaytirish bеl vitochkalarini etak chizig`iga o`tkazish yo`li bilan hal etiladi.
To`g`ri yubka va uning variantlari ixcham bo`ksali ayollar figurasini kеlishgan qilib ko`rsatadi. Uning etak qismi bo`ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kеngroqdir. Etagi kеngaytirilgan yubka bеli xipcham (ingichka bеlli) va bo`ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kеngaytirish bеl vitochkalarini etak chizig`iga o`tkazish yo`li bilan hal etiladi.



Yubkalar turli shakl va turli siluetli bo’ladi. siluetiga binoan to’g’ri, konussimon bo’ladi. to’g’ri siluetli yubkalar o’z navbatida keng va tor tikilgan bo’lishi mumkin. Tor yubka past tomnida kesimli, bitta yoki bir nechta yotqizib dazmollangan taxlamali qilib tikiladi. Etagi tomon kengaya borgan yubkalar klyosh, yarim klyosh, "qo’ng’iroqsimon" bo’lishi mumkin.
Yubkalar birlashtiruvchi choklari binoan quyidagilarga bo’linadi: bir chokli, ikki chokli, to’rt chokli, olti chokli, sakkiz chokli. Yubkalar cho’ntakli, koketkali va turli bezak elementlari bilan tikilishi mumkin. Yubka taqilmalari "molniya" tasmali, ilgaklar va tugmalar bilan qadaladigan bo’ladi. yubkalarning yuqori qirqimiga ulama belbog’li, qaytarma belbog’li, korsaj lenta qo’yib ishlov berish mumkin. Etagi bukma chokli, mag’iz chokli, kungirador, qo’yma burmali, shlkilali qilib tikilishi mumkin. Yubkalar astarsiz va astarli bo’ladi, astarli yubkalarda astar rangi asosiy material rangiga mos bo’lishi kerak.
Yubkaga ishlov berish
‘’Ayollar yubkasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish ” mavzusini o’qitish metodikasi bo’yicha o’quv-tarbiyaviy vazifasi. Modellash - bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining konstruktsiyasini ishlab chikaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Turli shakl va bichimdagi modalar konstruktsiyasini tuzmokchi bulgan asosiy konstruktsiya bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy modellash yoki, odatda aytilishiga binoan, texnik modellash deb ataladi.
Texnik modellash konstruktsiya asosini yangi model konstruktsiyasiga aylantirishdan iborat.
Modelning fasoni modellar jurnalidan olinadi yoki ijrochining rasm chizib kursatgan taklifiga kura tanlanadi. Ayollar kuylagining yangi modelini ishlab chikishda asosiy e’tibor kukrak vitochkasini kuchirishga, old bulak, ort bulak, yubka, yeng detallarini kengaytirishga yoki toraytirishga, shu detallarning uzunligini va mutanosibligini uzgartirishga karatiladi.
Maktabgacha yoshdagi kiz bolalar kuylagini modellashtirish 2-rasm).
Kuylak etak kismiga kengaygan, yengi fonarik, buyin umizi buylab yotadigan yoka va takilmasi kuylakning orka bulagida joylashgan. Kuylakda aylana shaklda koketkalar bor bulib, kuylakni paxta tolali gazlamalardan tikish kerak.
Model chiziklari kuyidagicha kiritiladi. Kuylak old va ort asosi kogozga tushirib olinadi. Old va ort bulak urta chiziklaridan koketkaning uzunligi belgilab olinadi. Uning uzunligini kup xollarda yelka uzunlishga tenglashtiriladi. Yelka nuktalaridan pastga yeng umizi buylab 3-4 sm kuyiladi va koketkaning pastki kirkimi ravon egri chizik bilan tutashtiriladi. Old va ort bulakdagi koketkaning pastki chiziklari 4 bulakka bulinadi. Bu nuktalar orkali kuylakning etak chizigi bilan kesishguncha chiziklar utkaziladi. Bu kesish chizigi xisoblanadi. Koketka kismi kirkib olinadi. Shu chiziklar orkali etak kismi koketka chizigiga 0,1-0,3 sm yetmasdan kirkiladi va xar bir bulak orasi 4-6 sm ga kengaytiriladi.

Yubkalar belda turadigan kiyim bo’lib, nimchalar, jaketlar bilan komplekt tarzda yoki mustaqil kiyim sifatida tikiladi. Yubkalar turli shakl va turli siluetli bo’ladi. siluetiga binoan to’g’ri, konussimon bo’ladi. to’g’ri siluetli yubkalaor o’z navbatida keng va tor tikilgan bo’lishi mumkin. Tor yubka past tomnida kesimli, bitta yoki bir nechta yotqizib dazmollangan taxlamali qilib tikiladi. Etagi tomon kengaya borgan yubkalar klyosh, yarim klyosh, "qo’ng’iroqsimon" bo’lishi mumkin.
Yubkalar birlashtiruvchi choklari binoan quyidagilarga bo’linadi: bir chokli, ikki chokli, to’rt chokli, olti chokli, sakkiz chokli. Yubkalar cho’ntakli, koketkali va turli bezak elementlari bilan tikilishi mumkin. Yubka taqilmalari "molniya" tasmali, ilgaklar va tugmalar bilan qadaladigan bo’ladi. yubkalarning yuqori qirqimiga ulama belbog’li, qaytarma belbog’li, korsaj lenta qo’yib ishlov berish mumkin. Etagi bukma chokli, mag’iz chokli, kungirador, qo’yma burmali, shlkilali qilib tikilishi mumkin. Yubkalar astarsiz va astarli bo’ladi, astarli yubkalarda astar rangi asosiy material rangiga mos bo’lishi kerak.
Yubkaga ishlov berish.
Yubkalarni tikish ishlari tartibi ularning bichilishi bog’liq bo’ladi. To’g’ri bichimli yubkani tikishni vitachkalarga ishlov berishdan boshlanadi. Vitachkalar belgilangan chiziqlar bo’yicha yuqori qirqim pastka qarab tikiladi, choki asta-sekin, tekis yo’q qilib yuboriladi. Modelda mo’ljallanganiga muvofiq vitachkalar yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Bir tomonga yotqizib dazmollanadigan vitachkalar detalning o’rta chizig’iga qaratib yotqizilishi kerak. Yubkaning detallari biriktirib tikiladi, choklar maxsus mashinada yo’rmaladi, modelga muvofiq yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
Yubka taqilmasini tikish.
Yubka taqilmasi chokda yoki taxlamada bo’ladi. chokdagi "molniya" tasmali taqilmani tikishning bir necha usullari bor. Taqilmaning ikkala tomonini bir xil qilib tikish uchun , yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollangandan keyin, "molniya" tasmaningg o’ngi yubkaning teskarisiga qaratilib, dazmollangan taqilma chetlari ustiga qo’yiladi. Avval ko’klab biriktirib olinadi, so’ngra taqilma bukilgan ziylaridan 0,5 sm tashlab bostirib tikiladi.
"Molniya" tasmani ko’rinmaydigan qilib tikish ham mumkin, bunda taqilmaga qo’shimcha tikish haqi beriladi. "Molniya" tasmani bukish joyidan har xil oraliqda puxtalanadigan qilib tikish ham mumkin. Bu usul kiyimlarni yakka tartibda tikishda ko’p qo’llaniladi. Yubka yon choklariga ishlov berilgandan so’ng, orqa bo’lakning bukib dazmollangan joyi tagiga "molniya" tasmaning o’ng qismi ochilgan holda, taqilma joyining ziyi molniya bo’g’inlariga yopishib turadigan qilib qo’yiladi. Bukilgan ziydan 2-3 mm oraliqda ko’klab ulanadi. Keyin esa chap tomoni ko’klanadi, buning uchun "molniya" tasma yopiladi, old bo’lak tomondagi bukilgan joyi orqa bo’lak tomondagi bukilgan joyiga taqab qo’yiladi va old bo’lakka "molniya" tasma ko’klab biriktiriladi. O’ng tomondagi old bo’lakning yuqori qirqimidan boshlab, orqa bo’lakning yuqori qirqimigacha bitta chok bilan bostirib tikiladi.
Tasma taqilayotganda ich kiyimni ilib ketmasligi uchun ehtiyot ko’rinma qo’yilsa yaxshi bo’ladi. Ehtiyot ko’rinma 8-9 sm kenglikda bichib olinadi, uning uzunligi taqilima uzunligiga mos bo’ladi. Ko’rinmani teskarisini ichkariga qilib uzunasiga ikki bukib dazmollanadi, yon va past qirqimlari yo’rmaladi. Yubkaning old va ort bo’laklari biriktirilayotganda taqilma qismi tikmay qoldiriladi, chok yorib dazmollanadi, ayni vaqtda old bo’lakdagi chok haqi bukib dazmollanadi.
"Molniya" tasmaning bir tomoni yubkaning old bo’lak taqilma chok haqiga bostirib tikiladi, ikkinchi tomoni esa ort bo’lakka ulanadi. Tasamning ustidan ehtiyot ko’rinmani ham qo’yib tikiladi, bunda tasma ko’rinma bilan ort bo’lak orasida qolishi kerak. Old bo’lak taqilmasi ustidan bezak baxyaqator yuritiladi (5-rasm, v).
Yashirin taqilmali "molniya" tasmasini tikish uchun maxsus tepkidan foydalaniladi. Bunda tasmani yubka yon choklarini tikish chizig’ining davomiga biriktiriladi.
Yubkaning yuqori qirqimiga ishlov berish.
Yubkaning yuqori qirqimiga modelga qarab ulama belbog’ bilan yoki korsaj lenta bilan ishlov berish mumkin. Yubkaning yuqori ziyi teskarisiga yon choklaridan 2 sm oraliqda tayyor holda 0,5 sm kenglikda va 7,0 sm uzunlikda ikkita ilgich puxtalab qo’yilishi kerak. Yuqori qirqimga ishlov berishdan oldin yubkaning tikilish sifati, bel chizig’ining shakli tekshiriladi va yuqori qirqimi bo’ylab o’lchab ko’riladi. Yubka gavdada bemalol turishi uchun, yuqori qirqim uzunligi bel yarim aylanasi o’lchovidan 0,5-1,0 sm ortiqroq bo’lishi kerak.
Yubkaning ulama belbog’i modelga qarab har xil kenglikda bo’ladi. belbog’ oskti belbog’ bilan yaxlit bichilgan yoki alohida bichilib, bukish chizig’i bo’ylab chok solib tikilgan bo’lishi mumkin. Belbog’ uchlari odatdabir-birining ustiga 3,0-4,0 sm chiqib, qirqma izma bilan tugmalanadigan yoki temir ilgakli bo’lishi mumkin. Belbog’larga bir qavat (faqat ustki belbog’ qismiga) yoki ikki qavat (ustki va ostki belbog’larga yaxlit) qilib yelimli qotirma material qo’yiladi. Har ikkala holda ham belbog’ning bukish chizig’idan 0,1-0,2 sm masofada ostki belbog’ tomondan bukish chizig’iga parallel baxyaqator yuritiladi.
Belbog’ uchlari ag’darma chok bilan tikiladi, buning uchun o’ng tomonldari bir-biriga qaratib bukiladi va 0,5-0,7 sm chok haqi bilan tikiladi. Chap tomondagi uchi faqat yon tomonidan tikiladi, o’ng tomondagi uchi esa yon tomondan 0,5-0,7 sm va pastki qirqimlari tomondan 1,0 sm chok haqi bilan 3,0-4,0 sm (o’tim haqi) tikiladi va chok oxiri puxtalanadi. Chokka 0,1-0,2 sm yetkazmasdan kertim beriladi.
Ostki belbog’ tomondagi qirqim maxsus mashinada yo’rmaladi. Belbog’ning o’ngini yubka o’ngiga qaratib, yuqori qirqimlariga to’g’rilab qo’yiladi va 0,7-1,0 sm chok haqi bilan tikiladi. Bukish chizig’i bo’lab bukib, belbog’ to’g’rilanadi, chok haqini yuqori tomonga qaratib, ostki belbog’ ko’klanadi va yubkaning o’ng tomonidan belbog’ ulangan chokning yonidan baxyaqator yuritib puxtalanadi. Shu bilan birga yubka teskari tomonidan yon choklari ustiga ikkita ilgichni uchlarini belbog’ ostiga kiritib tikib ketiladi. Belbog’ yubka teskari tomonidan, namlangan dazmolmato qo’yib dazmollanadi. Bu usul asosan kiyimlarni yakka tartibda tikishda qo’llaniladi.
Ulama belbog’ni tikishda ostki belbog’ning qirqimi yo’rmalamasdan ichki tomoniga bukib puxtalash ham mumkin, bunda ostki belbog’ning bukilgan ziyi belbog’ ulangan chokni 0,2-0,3 sm ga yopib turishi kerak (7-rasm, a).
Yubkaning ulama belbog’ini boshqa usul bilan ham tikish mumkin. Bunda belbog’ ostki belbog’ bilan yaxlit bichilib, to’laligicha yelimli qotirma material yopishtirilgan bo’ladi.
Belbog’ning bukish chizig’idan 0,1-0,2 sm oraliqda oskti belbog’ tomondan bukish chizig’iga parallel ravishda baxyaqator yuritib, qotirma material qo’shimcha puxtalanadi. Belbog’ning o’ngi yubka tesarisiga qaratib qo’yiladi. Pastki taqilmasi ziyidan boshlab ustki taqilma ziyigacha 0,7-1,0 sm chok bilan tikib ulanadi. Shu bilan bir vaqtda ikkinchi ilgak ham tikib ketiladi. Belbog’ yubkaning o’ngi tomonga, uning qirqimi ulangan chokdan 1,0 sm oshirib bukiladi va belbog’ uchlari 0,5 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Burchaklarida 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirilib, undan ortiqchasi qirqib tashlanadi. Belbog’ burchaklari o’ngiga ag’darilib, to’g’rilanadi. Belbog’ ikkinchi qirqimi 0,7 sm bukiladi va belbog’ ulangan chokdan 0,2 sm pastroq tushirilib, shu bukilgan ziyidan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Ayni vaqtda belbog’, uning yuqori va yon chetlari bo’ylab ulardan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Belbog’ning ostki tomoniga temir ilgaklar tikiladi.
Ostki taqilma tarafdan belbog’ ustiga ipdan izmalar tikiladi.




Yüklə 107,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin