Silindrik tishli uzatmalarning turlari, ishlatilish sohalari, afzallik va kamchiliklari.
Aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga uzatish uchun o’zaro ilashgan tishlar yordamida harakatni uzatgan uzatmalar tishli uzatmalar deb ataladi. Tishli uzatmalar o’qlarni joylanishuviga nisbatan quyidagi turlarga bo’linadi: silindirsimon, o’qlari o’zaro parallel, konussimon, o’qlari o’zaro perpendikulyar, vintli, o’qlari o’zaro ayqash joylashgan. Bundan tashqari aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantiruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan va tishli g’ildirak bilan tishli reykadan iborat uzatmalar ham ishlatiladi.
Tishlarning g’ildirak sirtida joylashuviga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: tishli g’ildiraklar to’g’ri, qiya, aylanaviy. G’ildirak tishlari shakliga ko’ra evolventali, L.Eylor ixtiro qilgan, nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan M.L. Novikov tomonidan ixtiro etilgan hamda sikloid ilashish turlariga bo’linadi.
Bu xil uzatmalarni boshqa uzatmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
1. Uzatmaning tezligi 150 m/s gacha bo’lib, uzatiladigan quvvat 50000 kVt gacha bo’lishi mumkin.
2. Sirtqi o’lchamlari nisbatan kichik
3. Tayanchlarga tushadigan kuch nisbati kichik f.i.k. qiymati =0,970,98 nisbatan yuqori.
4. Uzatish soniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi sirpanish hodisasi bo’lmaydi.
5. Ishda ishonchli, chidamliligi esa katta.
6. Uzatma g’ildiraklarini har xil metall va metallmas materiallaridan tayyorlash mumkin.
Kamchiliklari: bir pog’onada uzatish soni qiymati chegaralangan bo’lib, qiymat umax=12,5 gacha bo’lishi mumkin; tayyorlanishning nisbatan murakkabligi; ishlayotgan vaqtda, ayniqsa katta tezlik bilan iщlayotganda shovqin chiqarishi; yuqori aniqlikda tishli g’ildiraklarni tayyorlash qiyinligi.
Ko’rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan mashinasozlik va asbobsozlik sanoatida asosan tishli uzatmalar ishlatiladi.
Yuqorida ko’rsatilgan uzatmalardan eng ko’p to’g’ri tishli silindrsimon uzatmalar ishlatiladi, chunki bu uzatmalar ishda ishonchli, gabirit o’lchamlari nisbatan kichik, tayyorlash nisbatan yengil. Ishlash jarayonida harakatni yo’nalishini o’zgartirish kerak bo’lgan hollarda konussimon, vintli, chervyakli uzatmalar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |