2. Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish bosqichlari 1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish.
4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi – mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri – rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir.
5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan).Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
Axborot texnologiyalari (AT) – (ingl: information and communication technologies (ICT) -rus: информационные и коммуникационные технологии (ИКТ)) – bu:
1. Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o‘tilgan sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.
2. Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar.
3. Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo‘llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televidenie, mobil telefonlar, kompьyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo‘ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AT muhimligi texnologiyaning o‘zida emas, balki ATning aholi orasida ko‘proq axborot va kommunikatsiyasidan foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko‘p mamlakatlari AT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo‘q hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida “AKT rivojlanish uchun” dasturini aktiv ravishda olg‘a surmoqda.