Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish


Axborot texnologiyalarining sohalar bilan aloqadorligi



Yüklə 25,97 Kb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü25,97 Kb.
#104269
1   2   3
1-mavzu

3. Axborot texnologiyalarining sohalar bilan aloqadorligi
Ta’limda AT. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi hozirda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qisqa muddatli “Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish» kursi maktab o‘qituvchilariga tegishli malakalarni egallashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim samaradorligini oshirishga, darslarning qiziqarli va mazmunli bo‘lishiga olib keladi.
Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish uchun o‘qituvchi nafaqat axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, balki, axborot uzatish va qayta ishlash mahoratini to‘la egallashi, ayni paytda ta’lim oluvchilarda axborot madaniyatini shakllantira olishi lozim.
Tibbiyotda AT. Kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, qog‘oz sarfini kamaytirish va boshqaruv apparati faoliyatini takomillashtirish.
Ma’muriy-boshqaruv va sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va korxonalari xodimlariga kompyuter texnikasi va elektron hujjatlar aylanishi tizimi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi uchun shartsharoitlar yaratish. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida rahbar va xodimlar malakasi va ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha, kompyuter va axborot texnologiyalaridan va axborot havfsizligidan unumli foydalanish.
Uzoq masofadan turib bemorlarga diagnoz qo‘yish, bemorlar sog‘ligini saqlashga doir turli maslahatlar berish, meditsina sohasi mutahasislarining malakalarini aniqlash uchun elektron testlardan foydalanish va h.k.z.
Xalq xo‘jaligida AT. Axborot texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal etish mumkin:

  • firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;

  • firmadagi ishlarning ahvoli haqidagi davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

  • istalgan joriy so‘rovlarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari ko‘rinishida rasmiylashtirish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. С.С.Ғуломов, А.Т.Шермухамедов, Б.А.Бегалов. «Иқтисодий информатика» Т. «Ўзбекистон», 1999 й, 9-87, 139-207, 267-309-бетлар.
2. Ўзбекистон Республикаси олий таьлимнинг меъёрий хужжатлари. Т:2002. 138 б.
3. А.Ортиқов, А.Маматқулов «IBM PC компютерларидан фойдаланиш». Т. 1992 й. 40-бет.
4. M.M. Aripov, J.O‘. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar. Toshkent 2005- y. 3-4-betlar.
5. Э.З. Имонов, М. Фаттахов. Информатика технологияси. Т.: Молия. 2002 й.
6. www.intuit.ru
7. www.msu.ru
8. www.compgramotnost.ru
Yüklə 25,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin