G’o’za hosildorligiga fosforli o’g’it turlarining ta’siri, s (M.A.Hayitov ma’lumoti)
Variant
Hosildorlik, s/ga
2001 y
2002 y
o’rtacha
1. O’g’itsiz nazorat
14,2
15,1
15,0
2. N250K110+fon
26,6
25,9
26,3
3. Fon+Pammofost 160 kg/ga
32,1
33,2
32,7
4. Fon+Pammofosfat 160 kg/ga
31,6
32,7
32,2
5. Fon+Ppoliyammofos 160 kg/ga
36,8
37,4
37,1
Fosforlio’g’itnioldindanqo’llashnisababi – buunikimyoviyjihatdantuproqbilanbog’lanibqolishinikamaytirishdir. Bungao’g’itnima’lumqavatgaberishusuliniqo’llashbilanerishishmumkin. Fosforlio’g’itlarniikkiqatlamdaqo’llashpaxtahosildorligini 3,8 s/ga, bedapoyadankeyinbirinchiyiliesa 5,2 sgaoshirdi.
Kuzgishudgorlashdaberilganfosforlio’g’itlarnio’simlikoradan 35-40 kuno’tganda, ekishbilanbirgalikdaberilgandaesa 5-8 kuno’tgacho’zlashtiraboshlaydi. Ekish bilan beriladigan fosforni urug’dan 5-7 sm uzoqlikda va 12-15 sm chuqurlikda berish kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, bedapoyadan uzoqlashgan sari P li o’g’itlarni samaradorligi kamaya boradi. M : bedadan keyin 3-chi yili r hisobiga olingan qo’shimcha hosil 4-6 s ni tashkil etgan bo’lsa, 5-6 chi yillarda bu ko’rsatkich 3-1,5 s bo’lgan xolos.
P li o’g’itlarning samaradorligi g’o’zaning biologik ehtiyojiga nisbatan ortiqcha miqdorda berilishiga, tuproqdagi P zapasiga va o’simlik ildiz Sistemasining rivojlanishiga bog’liq bo’ladi. Shunga asosan, ekishgacha, ekish bilan bir vaqtda va oziqlantirish vaqtida beriladigan mineral o’g’itlarning yillik normasi belgilanadi.
Yer qobig’idagi K2O miqdori 2,35% ni tashkil etsa, tuproqdagi kaliy esa 0,15 dan 4% gacha boradi. Uning asosiy qismi silikatlar tarkibiga kirib o’simlik tomonidan kam o’zlashtiriladi.
Tuproqda K yetishmaganda g’o’za yaxshi o’sa olmaydi masalan: fosfor yetishmaganda paxta hosili 4-5 s ga kamaygan bo’lsa, K yetishmaganda hosildorlik – 9 s ga kamayib ketgan. N – yetishmasa o’simlik o’sishdan qolib zararlanmaydi, r yetishmasa g’o’za barglari ko’kimtir bo’ladi, K – yetishmasa barglarda sariq qo’ng’ir dog’lar paydo bo’lib, keyinchalik zararlangan barglar nobud bo’ladi.
Kaliy o’simlikda uglevodlar hosil bo’lishida ishtirok etib, g’o’zani sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamligini oshiradi. U o’simlikni yerga yotib qolishini kamaytirib, poyani mustahkamlaydi, har xil kasalliklarga chidamligini oshiradi.