Texnik va donli ekinlarni o’G’itlash reja


jadval G’o’zani o’suv davrida oziq moddalarnio’zlashtirishi, foiz



Yüklə 57,57 Kb.
səhifə2/9
tarix29.06.2022
ölçüsü57,57 Kb.
#62505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu

70 jadval

G’o’zani o’suv davrida oziq moddalarnio’zlashtirishi, foiz


Rivojlanish davri

Azot

Fosfor

Kaliy

Chigitni unishidan shonalashgacha


8

8

10

Shonalashdan hosil to’plashgacha

62

56

64

Hosil to’plashdan o’suv davrini oxirigacha

30

36

26

G’o’za o’simligining urug’ida va barg massasida asosiy oziq moddalar to’planadi. Urug’larida umumiy azotning 32,4 %, fosforning 53,8 %, bargida azotning 34,9 %, fosforning 25 %, kaliyning 76,1 % mavjud bo’ladi.
71-jadval
G’uza organlarida oziq moddalarini tarqalishi, %

Element

Urug’

Tola

Barg

Poya

Ko’sak

Azot

32,4

2,0

34,9

18,2

12,5

Fosfor

53,9

1,5

25,0

12,3

7,3

Kaliy

2,5

1,0

76,1

14,3

6,1

G’o’za o’simligi unib chiqgandan so’ng 10-15 kundan so’ng tanglik davri boshlanadi. Shu davrda tuproqda kam mikdorda bo’lsada turli oziqalarni bo’lishini ta’minlash kerak. Shonalashdan hosil to’plashgacha maksimal o’zlashtirish boshlanadi. Shonala davrida fosforli oziqaga nisbatan kritik davri hisoblanadi. Mineral o’g’it me’yoriga va turiga qarab g’o’za hosildorligi o’zgaradi.
72-jadval


Turliogitlarnihosildorlikgatasiri, s/ga

Tajriba varianti

Hosildorlik s/ga

Qo’shimcha hosil s/ga

Nazorat (o’g’itsiz)

24,8

-

PK

28,0

3,2

NP

33,8

9,0

NK

33,6

8,8

NPK

36,6

11,8

Yashil o’g’it + NPK

40,0

16,0



Azotni g’o’za o’simligi asosan nitrat formada (N-NO3) va ammiak (N-NH3) shaklida oladi. Turli qishloq xo’jaligi o’simliklari tarkibidagi N miqdori 1-5 % bo’ladi. G’o’za tarkibidagi N miqdori esa har xil bo’lib, u g’o’zaning yoshiga qarab o’zgarib boradi.
G’o’za N ni mineral holda yengil o’zlashtiriladigan shaklda tuproqdan bevosita o’zlashtiradi. Tuproqdagi bunday birikma tuzdan iborat bo’lib, uning tarkibiga no3 holdagi N yoki azotni qayta tiklangan formasi NH3 li N kiradi.
G’o’za o’simligi tomonidan N ni o’zlashtirish miqdori vegetasiya davrida quruq moddaning to’planish tezligiga bog’liq bo’ladi. Huruq moddaning o’zi esa, tuproqdagi oziq element, suv va boshqa faktorlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham, g’o’za tomonidan N ni o’zlashtirishi ham har xil rivojlanish davrlarida turlicha bo’ladi.
O’simlikni N ga bo’lgan talabi maysa unib chiqqanda juda past bo’ladi, u asta-sekinlik bilan orta borib, shonalashdan to hosil tugib bo’lguncha eng yuqori bo’lib, keyinchalik uni o’zlashtirish kamayib ketadi.
G’o’za o’simligi o’ziga kerakli bo’lgan N ni umumiy miqdoriga nisbatan qo’yidagicha o’zlashtiradi: unib chiqqandan to shonalash davrigacha – 7 %. Shonalash dan to gullashgacha – 46% ni, gullashdan to pishib yetilishni boshlangunicha – 44% ni, pishib yetilishdan to vegetasiya davrining oxirigacha – 3% ni. Bunday o’zlashtirish, g’o’zani o’sishi uchun yetarli sharoit bo’lganda, o’simlikka oziq elementlari to’xtovsiz o’tib turganda sodir bo’ladi.
G’o’za o’simligi tomonidan N ni boshlang’ich rivojlanish davrida kam miqdorda o’zlashtirishiga qaramasdan ushbu elementni shu davrda yetishmasligi o’simlikni keyingi fazaga-shonalashga o’tishini kechiktirib yuboradi.
G’o’zani unib chiqish davrida tuproqda N ni ko’plab to’planishi maysa hosil bo’lishini kechiktirib, ildiz Sistemasini rivojlanishini to’xtatib qo’yadi. Shonalash davrining boshlanishida N ni ko’p bo’lishi, birinchi hosil shoxlarini yuqorida joylanishiga sabab bo’lib, keyingi rivojlanish fazalariga o’tishini kechiktirib yuboradi. Shonalash va gullash davrlarida ko’plab N ni o’zlashtiradi, lekin, shu davrda ko’plab N ni bo’lishi o’simlikni g’ovlab ketishiga sabab bo’ladi. Natijada hosildorlik keskin kamayib ketadi.
G’o’zadan yuqori va sifatli hosil olish uchun kerak bo’ladigan N miqdori rejalashtirilgan hosil miqdoriga, ushbu hosil bilan oziq elementlarini o’zlashtirib ketishiga, o’simlikni tuproqdan, organik va mineral o’g’itlardan oziq moddalarni o’zlashtirish koeffisiyentiga hamda tuproqlarni N-NO3 va N-NH4 bilan ta’minlanishiga qarab belgilanadi. M; N li o’g’itnormasi tuproqdagi NO3 va NH4 azot miqdoriga qarab qo’yidagicha to’g’rilanadi:

Yüklə 57,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin