Texnik va donli ekinlarni o’G’itlash reja


Ko’k no’xat (gorox) ni o’g’itlash



Yüklə 57,57 Kb.
səhifə8/9
tarix29.06.2022
ölçüsü57,57 Kb.
#62505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu

Ko’k no’xat (gorox) ni o’g’itlash.
Ko’k no’xat yengil qumoq, sho’r va bobqoq tuproqlarda yaxshi o’smaydi. U o’rtacha qumoq mexaniq tarkibi unchalik og’ir bo’lmagan va tarkibida fosfor va kaliy yetarlicha bo’lgan yerlarda yaxshi o’sadi. Ayniqsa, kislotali tuproqlar ko’k no’xat uchun umuman yaroqsiz hisoblanadi. Goroxo uchun neytral va kuchsiz ishqorli (pH 0,6-7,0) yerlar yaxshi yerlar hisoblanadi. Bunday yerlarda tuganak bakteriyalar yaxshi rivojlanib azot to’plashni yaxshilaydi.
Ko’k no’xat (gorox) barcha ekinlar uchun yaxshi yo’ldosh ekin bo’lib, tuproqda 30 kg/ga atrofida azot to’playdi.
Agar ko’k no’xatning har gektaridan 30 s/ga hosil olinsa, 90 kg azot, 30 kg fosfor va 70 kg kaliyni o’zlashtiradi. U o’zining dastlabki rivojlanish fazalarida oziq moddalarni ko’p o’zlashtiradi. Gullash davri tuganakda kaliy 60-100%, fosfor 30-65% o’zlashtiradi. Ko’k no’xat asosan fosforli va kaliyli o’g’itlarni o’zlashtirib, azot o’zlashtiruvchi bakteriyalarning faoliyatini yaxshilaydi.
Agar ko’k no’xat forsforli o’g’itlar bilan yaxshi oziqlantirilsa, ularning donining pishishi tezlashadi. Ko’k no’xatga daraxtlarning kulini solish ham yaxshi natija beradi. Kaliyli tuzlar ham ko’k no’xatga ijobiy ta’sir etadi. Ko’k no’xatning tuproqda azot to’plashi bilan birga ularning ildizida tuganak bakteriyalar yaxshi rivojlungacha 10-20 kg/ga hisobida azotli o’g’it berilsa samarabordigi yuqori bo’ladi. Agar go’ng berilsa o’sishi juda tezlashib ko’k massasi oshadi va pishishi kechikadi. Shuning uchun go’ngni ko’k no’xatdan oldin ekilgan ekinga berilsa yaxshi samara beradi. Shu bilan bir qatorda tuproqda chirindi miqdori kam bo’lsa, go’ng va mineral o’g’itlar aralashtirilib to’g’ridan to’g’ri uning o’ziga berilganda ham samarasi yuqori bo’ladi.
Ko’k no’xatni urug’i nitragin bilan yoki 50-100 gr molebden tuzini 2 litr suvda eritilib ko’k no’xatni urug’i ishlanib ekilsa, hosildorligi oshadi.
No’xatni o’g’itlash.
No’xat qadim zamonlardan biyon qurg’oqchilik zonalarida va ayniqsa, tog’ va tog’ oldi lalmikor yerlarda yaxshi o’sadi. Bu tuproq unumdorligiga juda talabchan bo’lib, unumdor yerlarda mo’l hosil beradi. Lekin sho’rlangan yerlarni yoqtirmaydi. No’xat eqiladigan yerlar go’ng bilan to’yintirilishi kerak.
Almashlab ekishda no’xat uchun kuzgi don ekinlari yaxshi yo’ldosh ekin hisoblanadi.
No’xat uchun yer kamida 25-30 sm chuqur haydalishi kerak. U fosforli o’g’itlarni yaxshi o’zlashtirganda mo’l hosil beradi. Yengil tuproqlarda no’xat ekilsa albatta organik o’g’itlar bilan oziqlantirilishi kerak.
No’xat yaxshi o’g’itlanganda yalang –tepalik yerlarda 4-6 s/ga tog’ etaklarida 6-8 s/ga va tog’li zonalarga 10-12 s/ga hosil beradi. No’xat havodagi azotni o’zlashtirishiga qaramasdan u o’suv davrida azotni ko’p talab qiladi. Shuning uchun uning no’xat eqiladigan dalalarga haydash oldidan yoki ekish oldidan tuproqni ishlash vaqtida gektariga 45 kg sof azot hisobidan amiyakli selitra solish tavsiya qilinadi.

Yüklə 57,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin