Texnika Xavfsizligi


Amudaryo tumani hokimiyatning kelib chiqishi



Yüklə 68,43 Kb.
səhifə3/8
tarix06.10.2023
ölçüsü68,43 Kb.
#152632
1   2   3   4   5   6   7   8
Amaliyot hisoboti

Amudaryo tumani hokimiyatning kelib chiqishi
Amudaryo tumani Qoraqalpog'iston Respublikasining janubiy-sharqida, Amudaryoning o'rta oqimida joylashgan. Tuman xududining asosiy qismi Amudaryoning chap qirg'ogida joylashgan bo'lib, o'ng qirg'okda joylashgan xudud bilan Qipchoq va Jumurtovdagi panton ko'prik orqali bog'langan. Janubiy-g'arb tomondan Turkmaniston Respublikasi Dashoguz viloyati Gubatag tumani, sharq tomondan Xorazm viloyati Gurlan tumani bilan, shimoli-sharq tomondan Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy va Qorao'zak tumanlari bilan chegaradosh.O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Farmoniga asosan 1957 yilning dekabrida tashkil etilgan.Tuman xududidan viloyat qaramog'ida bo'lgan Mang'it-Urgench, Nukus-Mangit-Turtkul, Mangit-Dashoguz va Mangit-Gubatag yullari o'tgan. Shuningdek tuman hududidan umumiy uzunligi 39, 7 km bo'lgan Nukus-To'rtko'l yo'nalishidagi temir yo'l o'tgan.Tuman xududi: 1021 kv.km. 2018 yil 1 iyul holatiga aholisi soni 192,9 ming kishini tashkil etadi. Shundan 50,9 ming kishi shaharda, 141,11 ming kishi qishloqda yashaydi.Tumanning ma'muriy markazi, aholisi 48,4 ming kishi bo'lgan, 1973 yilda shahar tipidagi poselkadan tuman qaramog'idagi shaharga aylantirilgan Mang'it shahridir. Tuman xududidan Nukus-Turtkul temir yul shahobchasi o'tgan.Tumanda bitta tuman qaramog'idagi shahar, 30 ta mahalla, Jumurtov poselkasi, 3 ta shaharcha tipidagi posyolka va 16 ta ovul fuqarolar yig'inlari bor.
Аmudaryo tuman tibbiyot tizimi ham o'ziga xos taraqqiyot tamoyiliga эga. Bugungi kunda tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi shifoxonalarda mehnat qilayotgan 328 nafar shifokorlarning 232 nafari oliy, 34 nafari birinchi va 35 nafari ikkinchi toifali shifokorlardir. O'rta tibbiyot xodimlarining 122 nafari oliy, 147 nafari birinchi, 177 nafari ikkinchi toifaga эga. Аholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida bu erda barcha sharoitlar yaratilgan: ko'p tarmoqli poliklinika, shoshilinch tibbiy yordam bo'limi, markaziy kasalxonaning 4 ta binosi va ma'muriyat binosi zamon talablari darajasida rekonstrukцiya qilinib, эng zavonaviy tibbiy asbob-uskunalar, tashxis va laboratoriya anjomlari bilan jihozlangan. Shoshilinch tibbiy yordam bo'limi ikki qavatli zamonaviy me'moriy uslubda qurilgan yangi binoda faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda 90 o'rinli yangidan tug'iriqxona kompleksi qurilmoqda. Natijada aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati keskin oshib, bolalar va ayollar salomatligi bo'yicha yuqori natijalarga эrishildi. Аholining o'rtacha umr ko'rish davri 67-68 yoshdan 75-76 yoshga o'sdi. Yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari kamaydi.
Аmudaryo tumanida sport sohasida olib borilayotgan islohotlar yanada salmoqli. Tumanda sport sekцiya va bo'limlarida darsdan va ishdan tashqari sport bilan shug'ullanayotganlar soni 12 074 nafar, shundan 3 853 nafarini qizlar tashkil qiladi. Hozirgi kunda tumanimizda jami 392 ta sport inshootlari mavjud bo'lib, shundan 68 ta sport zal, 2 ta stadion, 1 ta suzish basseyni, 3 ta universal sport maydonchasi, 55 ta mini futbol maydonchasi (shundan 22 ta sun'iy qoplamaliy mini futbol maydonchasi), 5 ta zamonaviy stritbol va vorkout maydonchasi, 20 ta badminton, stritbol va vorkout maydonchasi, 3 ta tennis korti, 76 ta futbol maydoni, 69 ta basketbol maydonchasi, 82 ta voleybol maydonchasi, 8 ta gandbol maydonchalari yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qilamoqda. Tumanimizdagi sport maktabi va boshqa ta'lim muassasalarida sportning 20 ta turlari bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi. Аmudaryo tumani sport maktabida ham yakunlangan 2022 yilda ko'pgina yutuqlar qo'lga kiritildi. Maktab tarbiyalanuvchilari O'zbekiston Respublikasi chempionati va kuboklarida jami 51 ta, shundan 10 ta oltin, 31 ta kumush, 10 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Shuningdek Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 1 ta bronza medalini engib oldilar.
Amudaryo tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibidagi tuman. 1957-yil 18-dekabrda tashkil etilgan. Amudaryo tumani shimolida Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani, janubiy hamda gʻarbda Turkmanistonning Gubadogʻ tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,02 ming km². Aholisi 204,7 ming kishidan ziyod (2020). Amudaryo tumanida 1 shahar (Mangʻit), 2 shaharcha (Jumurtov va Qipchoq), 10 ovul fuqarolari yigʻini (Bobur, Doʻrmon, Quyuqqoʻpir, Nazarxon, Xitoy, Choykoʻl, Oʻrta-qalʼa, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) bor. Markazi — Mangʻit sh. Tabiati. At. relefi, asosan, tekislikdan iborat. Amudaryoning chap sohili boʻylab Jumurtov tizmasi joylash-452gan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 16, — 20, iyulniki 27 — 32°. Yiliga oʻrtacha 100 — 110 mm yogʻin tushadi. Amudaryo tumanida Qipchoqarna, Mangʻitarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorakoʻlyop, Bogʻyop, Seityop, Oq Oltin, Alieliyop, Eshonyop, Shoʻryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Ku-lotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, Toshyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Boʻzsuv ariqlari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xoʻjalik yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Yerlarni shoʻrlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman hududidagi Shaharsafo, Orqakoʻl, Qorachoʻtal, Choykoʻl, Tuzloq, Tojiqalkoʻl, Baytukoʻl, Uzunkoʻl, Sarichnugulkoʻl, Oqseytbobo va Otajon koʻllarida baliq, oʻrdak va boshqa qushlar koʻp. Koʻllardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli boʻlib, tol, terak, tut, gujum, qaragʻan, turangʻil, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, shoʻra, kdmish, chirmovuq, semizoʻt, yakan, otquloq va boshqa oʻsadi. Qobon, shakal, buri, kemiruvchilardan sichqon, kala-mush, qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qargʻa, zogʻcha, chumchuq, koʻkqoʻton, kaptar, qumri, koʻkkargʻa, sariq chumchuq, toʻrgʻay va boshqa yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 132 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 95,5 ming kishi. Xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Sanoat korxonalaridan Mangʻit paxta to-zalash, gʻisht zavodlari, maishiy xizmat kombinati, Mangʻit ip-yigiruv va tikuvchilik kombinatlari, Qoraqalpogʻistonda eng yirik xoʻjaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. Amudaryo tumani Taxiatosh GRES va Mangʻit GES energi-yasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mav-jud. Amudaryo tumanining asosiy tarmoqlari pax-tachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Amudaryo tumanida sugʻoriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekin-zorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Amudaryo tumanida 18 jamoa xoʻjaligi, dehqon-fermer va shirkatlar uyushma-si, 296 dehqon-fermer xoʻjaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (1997). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,2 ming qoramol, 4,7 ming qoʻy va echki, 77 ming parranda bor (1997). 1996/97 oʻquv yilida 83 umumiy taʼlim maktabida 33,6 ming oʻquvchi, 1 litseyda qariyb 400 oʻquvchi taʼlim oldi. 52 ommaviy va bolalar ku-tubxonasi, 21 klub, 36 kinoqurilma, 3 madaniyat uyi, 710 oʻrinli 6 kasalxona va dispanser, 6 ambulatoriya, 55 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 327 vrach, 1077 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hokimi va uning o'rinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari har kuni, soat 08:00 dan 11:00 gacha hokimlik binosining fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 mart kungi “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 73-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 68,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin