Texnika xavfsizlik qoidalari va xatoliklar nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#155038
1   2   3   4
Texnika xavfsizligi

 
Man etiladi: 

Asbob va jihozlarni ularning yo‟riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish. 

Asbob va jihozlarni o‟qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish. 

Elektr o‟lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepish, o‟qituvchining 
ruxsatisiz ularni tok manbaiga ulash va ularning qisqichlarini qo‟l bilan ushlash 
qat‟iyan man qilinadi. 

Tajriba jarayonida asbob va jihozlar joylashgan taglikka o‟tirish, har xil buyumlar 
qo‟yish va unga kuch bilan zarba berish. 

Asbob vajihozlarnibegonalarningfoydalanishi uchun berish. 

Asbobvajishozlarniyokiortiqchabuyumlarniolibketish. 
 
 


Tajriba xatoliklarini aniqlash 
Fizikadan laboratoriya mashg‟ulotlari vaqtida turli xil fizik kattaliklarni 
o‟lchash zarur bo‟ladi. 
O‟lchash deb, o‟lchanayotgan kattalikni birligi qilib qabul qilingan qiymati bilan 
solishtirish jarayoniga aytiladi.
M: laboratoriya xonasining uzunligi 10 m deyilsa, uning uzunligi 1 m dan 10 
marta kattaligi tushuniladi. 
Talaba fizikadan laboratoriya mashg‟ulotlarida bevosita va bilvosita o‟lchashlarni 
bajaradi. 
Bevosita o‟lchashlarga – o‟lchamlarni jihozlar yordamida aniqlash tushiniladi. 
M: uzunlik - chizig‟ichda, og‟irlik – tarozida, tok kuchi ampermetda, va 
hokazo..... 
Bilvosita o‟lchash – bevosita o‟lchashdan olingan natijalarni biror kerakli 
formulaga qo‟yib hisoblash tushuniladi. 
Istalgan kattalikning haqiqiy qiymati va o‟lchashdan olingan taqribiy 
qiymati orasidagi farq (ayirma) o‟lchash xatoligi deb yuritiladi. 
O‟lchashda yo‟l qo‟yiladigan xatoliklar quyidagi turlarga bo‟linadi. 
1.
Qo‟pol xatoliklar yoki yanglishishlar – tajriba olib boruvchining e‟tiborsiz 
ishlashi tufayli (qurilmaning ko‟rsatishini noto‟g‟ri ko‟rish) yuzaga 
keladigan xatolar. 
2.
Sistematik xatoliklar – biror sabab ta‟sirida yuzaga keladigan takrorlanuvchi 
(tarozi ko‟rsatkichining nol‟ nuqtada turmasligi) xatolar. 
3.
Tasodifiy xatoliklar – kutilmagan sabablarga ko‟ra (bino ichida haroratning 
ko‟tarilib yoki pasayib ketishi) yuzaga keladigan har qaysi o‟lchashda 
turlicha sabablarga ko‟ra, yo‟l qo‟yiladigan xatolar. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin