Texnika madaniyatning favqulodda xodisasi sifatida jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatni ta'minlaydi, u ijtimoiy madaniyat jarayonining ajralmas tarkibiy qismidir. Texnika taraqqiyoti insonning tabiat ustidan xukmronlik qilishida uning imkoniyatlarini kengaytirdi, madaniy va ijtimoiy o'zgarishlarni muqarrar amalga oshiradi. Madaniyatda texnikaning o'rni xususida turlicha qarashlar mavjud.

Evropada XVIII-asr oxirlaridanoq texnikaning xalokatli ta'siri xaqida xabarlar tarqala boshladi. Turli falsafa maktabining vakillari texnika sivilizatsiyasi, uning qattiq, «temir sur'ati», beshafqat va axloqsizligini ta'kidlab, xayot, tabiat, insonga xurmatsizligini qattiq tanqid qila boshladilar. Ular jamiyatda texnikaga sig'inish, uni iloxiylashtirish xolati sodir bo'layotganiga, texnika zamonaviy sivilizatsiyaning ofati bo'lajagiga o'z e'tiborlarini qaratdilar. Texnikaning nazoratsiz taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug'dirdi, xarbiy sanoat komplekslarining keng rivojlanishiga sabab bo'lib, oqibatda insonni texnikaning ijro qismiga aylantirib qo'yadi.