Ommaviy madaniyat umumiy iste'molchilik extiyoji bilan bog'liq. Buning asosida iste'mol talab tovar sifatida xaridorgir bo'lish ma'naviy extiyoji yotadi. Oqibatda xozirgi zamon madaniyatidagi ma'naviy qadriyatlar tor doiradagi extiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur ma'no-moxiyati, xotira cheksizligi «odatli», «umumiy» qimmatlar bilan, xaqiqiy ijod avvaldan ma'lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar, saez TV va adabiy asarlar) bilan almashinadi.

Xar bir inson ikki yo'ldan birini tanlamog'i yo iste'molchi tarzda oqim bilan suzmog'i, yoxud o'ziga, o'zligiga nisbatan talabchan bo'lib girdobdan chiqmog'i lozim.
Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jixatdan nazoratga olish, bugungi odam ma'naviy qiyofasini bir xillashtirish (standartlash) ga qarshi jiddiy to'siq qo'yish zaruriyatini anglamoqda.
Ushbu masalani o'ta keskinligiga e'tiborni qaratish, mavjud muammolarning yechim yo'llarini belgilashda 1990 yillarda BMT-Bosh Assambleyasi e'lon qilgan Madaniyatning umumjaxon o'n yilligi muxim bosqich bo'ldi.
«O'n yillik» ning asosiy maqsadi- iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan xozirgi davrda umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali axamiyatini tiklashdan iborat bo'lib, bunda quyidagi vazifalarni xal etish masalasi amaliy qo'yildi:
Barcha tomonidan taraqqiyotni madaniyat yuksalish muximligini tan olish, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlikning aloqadorlik yo'llarini belgilash, madaniy o'ziga xoslik va madaniyatlar muloqotini tan olish, individual va jamoa timsolida ijodiy potensial va tashabbuskorlikni qo'llab-quvvatlash, xalqaro madaniy xamkorlikni rivojlantirish va boshqalar.