Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə33/64
tarix17.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#88371
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish

Ikki parametrlik model
Bu model oqimdagi uzunasiga va rodial yo‘nalishlardagi aralashtirishlarni hisobga oladi (apparat uzunligi va kesim yuzasi bo‘yicha tezlik o‘zgarmas deb qabul qilinganda). R radiusli, silindrik formaga ega bo‘lgan apparatdagi oqim uchun, ikki parametrlik diffuzion model quyidagicha yoziladi:


DR- rodial aralashtirish koeffitsienti.
DL va DR larni tajriba yo‘li bilan aniqlanganda, ular Pekle kriteriysining o‘lchamsiz komplekslari ko‘rinishida beriladi.

bunda, L - tizimning chizikli o‘lchamini aniqlovchi kattalik. Sxematik ravishda bu model quyidagicha ko‘rsatiladi:

Yacheykali model
Bu modellarni ketma-ket ulangan ideal aralashtirish modellari ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bunda har bir yacheyka ideal aralashtirish modeliga mos keladi, ammo yacheykalararo aralashtirish yo‘k. Yacheykali modelning matematik ifodasi m- ta chiziqli birinchi tartibli differensial tenglamalardan tashkil topgan:
bunda, i=1,2......m

  1. yacheykalar soni.

m=1 bo‘lganda, yacheykali model ideal aralashtirish modeliga aylanadi va bo‘lganda u ideal siqib chiqarish modeliga aylanadi.

14-rasm.

15-rasm.


Kombinatsiyali modellar
Tuygun zonali, boypasi bor, aylanma oqimlari bor jarayonlarni kombinatsiyali modellar yordamida ifodalash mumkin.
Bu oqimlarni movjudligini tajriba yo‘li bilan, kirish ko‘rsatkichini o‘zgartirib, chiqish ko‘rsatkichini o‘zgarishi bo‘yicha aniqlash mumkin.
Har xil oqimlar movjud bo‘lgan jarayonlarni impulsli turtkiga bo‘lgan reaksiyasilarini va ular qanday belgilanishini ko‘rib chiqaylik:

      1. Ideal siqib chiqarish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi:





      1. Ideal aralashish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi: S(t)



      1. Parallel ulangan ikki ideal siqib chiqarish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi:





      1. Parallel ulangan ideal siqib chiqarish modeli va ideal aralashish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi:


5. Ketma-ket ulangan ideal siqib chikarish modeli va ideal aralashish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi:



6. Boypasi bor ideal siqib chiqarish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi:


  1. Boypasi bor ideal aralashish modelini belgilanishi va uning S- egri chizig‘ining ko‘rinishi:

Sk
O‘rganilayotgan ob’ektning impulsli turtkiga bo‘lgan reaksiyasiga qarab, undagi oqimlar xaqida tasavvurga ega bo‘lib, uning matematik modelini tuzish mumkin.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin