2.4. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Fan bo‘yicha labaratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Talabaga ma’ruza konspektini takror o‘qib borish, nazariy materiallarni asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, o‘quv-uslubiy majmua, virtual stendlar, elektron darslik va kompyuter dasturlaridan, internet sahifalaridan, foydalanib borish tavsiya etiladi. Talabaning ma’ruza materiallari bo‘yicha mustaqil shug‘ullanishi, amaliyot va laboratoriya ishlariga oldindan tayyorlanishi va hisobotni rasmiylashtirishi rejalashtirilgan.
Iqtidorli talabalar uchun mustaqil ishlash quyidagi mavzular tavsiya qilinadi: chang tozalash qurilmalarini tuzilishi va ishlashi; gazsimon va suyuqlik aralashmalarini ajratish qurilmalari tuzilishi va ishlashi; rektifikastion kolonnnalar, turlari va konstrukstiyasi; separatorlarning konstrukstiyasi va ishlashi, maydalagichlarning konstrukstiyasi va ishlash prinstipi, aralashtirgichlar, presslash, elektromagnit ishlov beruvchi jihozlar, qadoqlovchi jihozlar tuzilishi va ularni hisoblash va loyihalash usullari.
Tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari - Meva sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash uchun qurilmalar.
- Meva sabzavotlar va ular mag‘zini yanchish, namlash va termik ishlov berishning asosiy usullari.
- Rektifikasion kolonnalarni o‘rganish va hisoblash.
- Filtrlash jarayonlari.
- Markazdan qochma nasoslarning xarakteristikasi.
- Quritish qurilmalarining turlari.
- Bug‘latish. Bir korpusli bug‘latish qurilmalari.
- Issiqlik almashinish qurilmalari.
- Ekstraktsiya jarayoni.
- Cho‘ktirish va tindirish jarayoni. Tindirgichlar.
- Ichki bosim ostidagi qurilmalarni hisoblash.
- Tashqi bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni hisoblash.
- Yassi shakldagi taglikli qurilmalarni hisoblash.
- Sferik shakldagi taglikli qurilmalarni hisoblash.
- Konussimon shaklli taglikli qurilmalarni hisoblash.
- Silindrik va idishlarning optimal o‘lchamlarini hisoblash.
- Yupqa devorli idishlarning qobig‘ini hisoblash.