Texnologik o‘lchashlarda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. O‘lchov xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklar va ularni aniqlash. O‘lchov asboblarining o‘zgartirish koeffitsientini aniqlash. O‘lchov asboblarining xatoliklari va keltirilgan xatolikni



Yüklə 37,74 Kb.
səhifə2/4
tarix05.04.2023
ölçüsü37,74 Kb.
#93448
1   2   3   4
1-amaliyot (1)

O’lchashning bilvosita usullari Q - izlangan kattalikni bilvosita emas, balki funktsional bog’lanish bilan bog’liq bo’lgan bir yoki bir necha boshqa kattaliklarni(A, V, S, …) bevosita o’lchash yo’li bilan aniqlashdan iborat. Bunda o’lchanayotgan kattalik quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi
Q = f * (A, V, S, …)
Masalan, bakdagi suyuqlik miqdorini sathi bo’yicha aniqlash.
O’lchash asboblari deb o’lchanayotgan kattalikni o’lchov birligi bilan bevosita yoki bilvosita qiyoslash uchun xizmat qiluvchi moslamalarga aytiladi.
O’lchash asboblarining asosiy elementlari deb sezgir elementlar yordamida bevosita o’lchashni amalga oshiruvchi o’lchash mexanizmlari va hisoblash qurilmalari (ko’rsatuvchi, o’ziyozar va jamlovchilar).
SHkaladagi belgilar graduirovka deb ataladi, sonli qiymati- shkalaning raqam ko’rsatgichi, o’lchov birligida ifodalangan shkalaning eng kichik bo’limi shkala bo’linmalarining ќiymati deb ataladi. SHkalaning boshlang’ich va oxirgi belgilari asbobning yuqori va pastki o’lchash chegarasini, yoki shkala diapazonini belgilaydi.
Bir korpusga ega bo’lgan asbob ko’pincha mahalliy, bir necha korpusli asbob esa – ko’rsatishlarni distatsion (masofadan) uzatuvchi hisoblanadi. Ko’rsatishlarni distantsion uzatuvchi o’lchash qurilmasi birlamchi va ikkilamchi asbobdan iborat. Birlamchi asbobda komplektning qabul qiluvchi qismi o’lchash nuqtasida o’rnatiladigan sezgir element bilan ta’minlangan. Ikkilamchi asbob birlamchi asbobdan olingan signalni hisoblash qurilmasining muvofiq siljishiga(ko’chishiga) o’zgartirib (aylantirib), o’lchanayotgan kattalik ko’rsatishlarini ko’rsatadi.
Birlamchi asboblar distantsion o’lchashda, o’lchanayotgan kattalikni proportsional pnevmatik yoki elektr signalga aylantiradigan birlamchi o’zgartirgichlar (preobrazovatelь)lar bilan ta’minlanadi.
O’lchash asboblarning sifati o’lchash aniqligi, sezgirligi va tezkorligi bilan tasiflanadi.
O’lchash asbobining aniqligi ko’rsatishlarining ishonchlilik darajasi, ya’ni o’lchash natijalari o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan qanchalik farq qilishi bilan aniqlanadi.
Asbobning sezgirligi deb asbobning o’lchanayotgan kattalikning uncha katta bo’lmagan o’zgarishiga javob berish(ta’sir etish) qobiliyatiga aytiladi. Asbob sezgirligini ko’rsatgich (strelka, mil)ning bu siljishni keltirgan o’lchanayotgan kattalik o’zgarishiga chiziqli yoki burchakli siljishining nisbati bilan ifodalash mumkin
yoki,
bu degani, o’lchash asbobi o’lchanayotgan kattalikning qancha kichik og’ishini sezsa, uning serzgirligi shuncha yuqoridir. Sezgirlik shkala bo’linmalarining qiymatiga teskari proportsional, shu sababli kichik bo’linmalar qiymatiga ega bo’lgan asboblarning sezgirligi yuqori bo’ladi.
Asbobning tezkorligi ko’rsatishlarning kechiqishiga sabab bo’luvchi inertsiyasiga bog’liq.
Turli xil asboblar uchun ekspluatatsiya shartlariga bo’lgan o’ziga xos talablari mavjud (harorat, namlik, titrash va h.z.).
Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yettita asosiy va ikkita qo‘shimcha kattalik qabul qilingan. Shuningdek, ular asosida ko‘pgina hosilaviy kattaliklar va ularning birliklari ham tasdiqlangan. 1.1-jadvalda xalqaro birliklar tizimi (SI) da ifodalangan asosiy va qo‘shimcha hamda o‘quv jarayonida tez-tez uchrab turadigan muhim hosilaviy kattaliklarning o‘lchov birliklari, belgilari keltirilgan.

1.1 jadval.

Yüklə 37,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin