3.1 Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari. Oliy maktabda konstruktsiyalash - tcxnologik masalalarni hal qilish uchun ta'limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar, deganda o’quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi.
Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o’z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o'quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o'zlashtirishi ko’zda tutiladi. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta'limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi obyektlami tanlaydi.
U konstruktsiyalash bo’yicha ta'limning frontal shaklidan foydalanishda butun guruhni modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan shug’ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uní tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o'xshash mehnat usullarini ko’rsatish va xokazolami ancha kamaytiradi. Talabalar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o'zining murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo’lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo’lsa, mashg’ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydaianiladi.
Ko'pincha bunday hollarda murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko’proq talaba shug'ullanadi. Tayyorlanadigan obyektlar o’z mazmuniga ko'ra bir xil va xarakteriga ko’ra har xil bolsa, texnik modellashtirish konstruktsiyalash bo’yicha amaliy mashg’ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchiiik tug'diradi. Chunki bunday mashg’ulotlarda ko’pincha ayrim talabalarga yozma instruktsiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruktsiyalar bo’yicha yangi mavzu materialini o’rganishlariga to’g’ri keladi. Mashg'ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko’ra maktab o’quv ustaxonalaridagi texnik konstruktsiyalash va modellashtirish mashg'ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o'rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlaming xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.