Texnologik xarita



Yüklə 73,69 Kb.
səhifə2/5
tarix15.11.2022
ölçüsü73,69 Kb.
#69265
1   2   3   4   5
2 5305381472192954880

5-bosqich
Dars yakuni va baholash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.

baholash


2 daqiqa


6-bosqich
Uyga vazifa berish

Uyga topshiriq qilib berilgan mashqni bajarib kelish

tushuntirish

2 daqiqa

Maqsadlar:


A) ta’limiy maqsad: so’z tarkibi, o’zak va qo’shimchalarni mustahkamlash.
b) tarbiyaviy maqsad: ona tiliga hurmat bilan munosabatda bo’lishga, yurtni sevishga, uning har bir qarichini avaylab-asrashga, tabiat boyliklarini muhofaza qilishga o’rgatish. Vatanga munosib farzand bo’lib o’sishiga hissa qo’shish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: og'zaki gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning jihozi: test savollar, darslik, mavzuga mos rasmlar, didaktik o’yinlar, kartochkalar.
Darsning uslubi: aralash: suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, tushuntirish.
Reja:

1. Hosil yig’ish o’yini.


2. So’z tahlillari.
3. Tezkor savollar. Ha yoki yo’q.
4. Test
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
Darsga hozirlik ko’rish
Darsning maqsadini aytish.
O’quvchilardan sana, kun, oy haqida savollar beriladi.
-Vatanimiz qanday nom bilan ataladi?
- O’zbekiston
- Viloyatimiz?
- Toshkent viloyati.
- Qaysi shaharda yashaysiz?
- qibray tumanida.
- Biz o’qiydigan ilm maskani?
- 9-umumta’lim maktabi.
-Sinfimiz?
3 - sinf
- Shiorimiz?
- “Aql koni- kitob, uni sevganning yo’li oftob”.
- Bolajonlar, yaqinda maktabimizda qanday bayramni nishonladik?
- Til bayramini nishonladik.
- O’zbek tili qachon davlat tili deb e’lon qilindi?
-1989-yil 21-oktabrda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi.
- Konstitutsiyamizning qaysi moddasida til haqida yozilgan?
- Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir” deb yozilgan.
- Prezidentimiz Islom Karimovning “O’rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida nima deyilgan?
- ”Tinchlik va barqarorlik bo’lmasa, ilm- fan sohasida hech qanday o’sish, taraqqiyot bo’lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo’lsagina ilm- fan markazlari, akademiyalari, oliy o’quv yurtlari paydo bo’ladi”.
- “Bugungi kunda eng ko’p talab qilinadigan va o’zini eng ko’p oqlaydigan sarmoya – bu inson kapitaliga yo’naltirilgan sarmioyadir” degan haqiqatning hayotda tobora mustahkam qaror topib borayotgan tasodif emasligini ta’kidlab o’tmoqchiman”.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash.
Uy ishlarini tekshirib baholayman. Tutuq belgili so’zlar yozish vazifasini tekshiraman.
Mustahkamlash.
Qatorlarni guruhlarga bo’lib, nomlaymiz:
I qator: “Bilimdonlar”
II qator: “Zukkolar”
III qator: “Chaqqonlar”
I topshiriq: Hosil yig’ish o’yini.
Mevalardagi savollarga javob berish.
II topshiriq: O’quvchilar quyosh, ko’cha, shirin so’zlarini tahlil qiladilar.

1. So’zda nechta bo’g’in bor?


2. Tovushlar nechta?
3. Harflar nechta?
4. Harf birikmasi qaysi tovushni bildiradi?
5. Unli tovushlarni tartib bilan ayting.
6. Undosh tovushlarni tartib bilan ayting.
Dam olish daqiqasi. Inglizcha qo’shiq aytiladi.
Ingliz tilida “Sholg’om” ertagini sahnalashtiradi.
Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchi: - Mana bolajonlar poyezdimiz sayohatga chiqishga shay turibdi. Manzilga yetish uchun biz shartlarni bajarishimiz kerak?
1-bekat: “Husnixat” bekati deb nomlanadi. Shartga ko‘ra „Y“ harfini husnixat bilan yozsangiz, bekatda tushib shaharni tomosha qilishingiz mumkin.
O’qituvchi doskaga harflarni husnixat asosida yozib ko’rsatadi. Yozuv qoidalariga amal qilib, harflarni chiroyli yozgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Navbatdagi bekat: „Diktant“
O'quvchi
Maktabning o'z tartibi bor. Yaxshi o'quvchi tartibni buzmaydi. Darslarga kechikmaydi.
3-bekat: Tezkor savol: „ha“ yoki „yo’q“ javobi.
Har bir guruhga tezkor savollar beriladi. Har bir guruh savolga javob beradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi: - Navbatdagi bekat- test bekati.

1. O'zak, so'z yasovchi qo'shimcha va so'z o'zgartuvchi qo'shimchalardan iborat so'zlarni belgilang:


A) hushsiz B) gulchidan
D) o'zakdoshE) ovchining
F) dehqonga G) ishsizni

2. O'zak va so'z yasovchi qo'shimchalardan iborat so'zlarni belgilang:


A) Feruzaning B) tengdosh D) maktabsiz
E) navbatchi F) sinfdan G) g'allakor

3. O'zak va so'z o'zgartuvchi qo'shimchalar qatnashganso'zlarni belgilang:


A) osmonda B) ko'zning
D) nonsiz E) baxtli
F) sayohatni G) bilimsizga

4. Yangi so'zlar yasaydigan qo'shimchalar qatorini belgilang:


A) -chi, -li, -la, -siz, -kor, -dosh
B) -ning, -ni, -ga, -dan, -da
D) -chi, -li, -la, -siz, -kor, -dan

5 . Sxemalarga mos so'zlarni tanlang:


l ) 2) 3)




A) ko'chada A) ukamdan A) ko'makchini


B) tantanali B) suvsiz B) molxonaga
D) baliqchiga D) vatansizni D) sanoatchi
O’qituvchi: Mana bolajonlar biz II chorakda o’tilgan mavzularni takrorlab, mustahkamlab oldik.
Dars yakuni:
Mana bolalar oxirgi bekat- sarhisob bekatiga yetib keldik. Uchala guruh ballari yig’ib, hisoblanadi va e’lon qilinadi.
G’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi va reyting asosida baholanadi. Darsdagi ishtirokiga qarab har bir o’quvchi rag’batlantiriladi. O’quvchilardan darsdan olgan taassurotlari so’raladi.
Uyga vazifa: “Qish” mavzusida 3 ta gap yozing.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _________________________


3-sinf Ona tili
Sinf: ______________________ Sana : ______________________
III chorak
OT
81-dars
Mavzu: Ot haqida ma’lumot. 199-201-mashqlar.

Yüklə 73,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin